O‘zbekistonda ishdan bo‘shatish nafaqasi miqdorini belgilash tartibi o‘zgaradi
O‘zbekistonda yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunday nafaqa miqdori :
- 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;
- 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;
- 5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;
- 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;
- 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Mavzuga doir:
- Mehnat shartnomasiga qanday shartlar kiritilsa, o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmasligi ma’lum qilindi
- Prezident yangidan ishlab chiqilgan Mehnat kodeksi loyihasiga to‘xtalib o‘tdi
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar