• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    AQSHning Indiana shtati O‘zbekiston bilan savdo, sarmoyaviy va ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlamoqda

    O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov Indiana shtati poytaxti Indianapolis shahridagi Xalqaro markaz prezidenti Martin Bayer, taraqqiyot va tashqi aloqalar bo‘yicha vitse-prezident Svetlana Ramer, mijozlar va hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha vitse-prezident Kolin Renk bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

    Foto: “Dunyo” axborot agentligi

    Foto: “Dunyo” axborot agentligi

    Elchixonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, suhbat avvalida Amerika vakillari O‘zbekistonda jozibador sarmoyaviy va farovon ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyati bilan tanishgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sanoatiga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, akademik sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olingan.

    Martin Bayerning ta’kidlashicha, u rahbarlik qilayotgan markaz yarim asr davomida Indiananing xalqaro aloqalari uchun katalizator bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Markaz korxona, tashkilot va davlat idoralari, shuningdek, universitetlar bilan hamkorlikda ish olib borib, shtatning turli dastur va xizmatlar orqali global manfaatlarini kengaytirmoqda.

    Indiana shtatida dunyoning 38 ta davlatidan 1000 dan ortiq xorijiy kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqda, 30 mingdan ortiq chet ellik talaba tahsil olmoqda, hududning 30 dan ortiq shaharlari bilan xalqaro birodarlik aloqalari o‘natilgan. Martin Bayer, shuningdek, Xalqaro markaz Indiana shtati bilan barcha sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda xorijiy davlatlar bilan munosabatlarni ta’minlashini bildirgan.

    Amerika vakillari qishloq xo‘jaligi sohasini o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida ta’kidlagan. Martin Bayerning so‘zlariga ko‘ra, Indiana yerlarining 80 foizi dehqonchilik va o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlariga yo‘naltirilgan va har o‘ninchi ish joyi bevosita ushbu soha bilan bog‘liq. Bundan tashqari, shtat har yili 4,6 milliard dollardan ziyod qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Indiana xalqaro markazi vakillari qishloq xo‘jaligi sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy ekspert va kompaniyalar bilan uchrashuv va muzokaralar tashkil etishga tayyor ekanini bildirgan.

    Martin Bayer, shuningdek, akademik aloqalar hamkorlikni kengaytirishning yana bir istiqbolli yo‘nalishiga aylanishi mumkinligini ta’kidlagan. Shu munosabat bilan Indiana universiteti bilan O‘zbekistondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni taklif qilgan.

    Indiana xalqaro markazi rahbari mintaqaviy hamkorlik va o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash maqsadida o‘zbekistonlik tadbirkorlar, akademik va ishbilarmon doiralar vakillarining ushbu shtatga tashrifini tashkil etishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirgan.

    Ma’lumot uchun, Indiana xalqaro markazi 1971-yilda Indiana shtatining korxonalari, davlat idoralari va ta’lim muassasalariga xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yordam berishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan. Markaz xususiy sektor uchun turli dasturlar va xizmatlarni taklif etadi. Jumladan, mintaqaviy ofislar ochish, xalqaro aloqalar o‘rnatish va malaka oshirish kurslarini tashkil etishda yordam beradi. Bundan tashqari, Xalqaro markaz xalq diplomatiyasi sohasidagi ilg‘or tajribani targ‘ib qiluvchi “Global Ties U.S.” notijorat tashkilotining a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, AQSH Davlat departamenti tomonidan har yili xorijiy davlatlar, jumladan, O‘zbekiston vakillari uchun tashkil qilinadigan “International Visitor Leadership Program” uch haftalik almashinuv dasturida ishtirok etadi.

    02.11.2022, 23:20   Izoh (0)   6600
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston mahsulotlarini arab davlatlariga eksport qilish imkoniyatlari kengaymoqda

    02.11.2022, 22:55

    “Daryo” kundaligida 2-noyabrda sodir bo’lgan eng muhim voqealar

    02.11.2022, 22:53

    Issiqxonalar faoliyati bo‘yicha qarori qabul qilindi. Bu hujjat mavjud muammolarni bartaraf eta oladimi?

    02.11.2022, 22:37

    Rossiya Samarqandda bosh konsulxonasini ochmoqchi

    02.11.2022, 22:10

    O‘zbekiston—Tojikiston chegarasidagi “Jartepa” posti yopiladi

    02.11.2022, 21:22

    O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga moliyaviy yengilliklar beriladi

    02.11.2022, 21:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.