Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugungi global iqtisodiy inqiroz O‘zbekiston uchun ham murakkab kechmoqda. Bu haqda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan iqtisodiy forumda moliya vaziri Timur Ishmetov aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Timur Ishmetov

Timur Ishmetov
Foto: “Daryo”

Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, hozirda eng muhim vazifa inflyatsiya darajasini ushlab turish va davlat xarajatlarini kamaytirishdan iborat.

Inqiroz boshlanganda biz juda ham yaxshi tashxis qila olmadik. Covid paytidagidek davom etadi deb o‘yladik. Ko‘rdikki, muammolarni yechish uchun tizimli islohotlarni davom ettirish kerak. 3-4 yil ilgari e’tiborni kreditlarni olishga qaratdik va bunga sharoit yaratdik. Bizda katta qarz yo‘q edi. Hozir yangi bosqichdamiz. Ko‘ryapmizki, O‘zbekiston iqtisodiyoti juda qiyin bosqichda. Ya’ni foiz va stavkalar oshmoqda, kredit olish qimmatlashmoqda. Bizda moliyaviy bufer cheklandi. Endi e’tiborimizni xususiy investitsiyalarga qaratishimiz kerak va buni boshladik. Iqtisodiyotda nafaqat davlat, balki xususiy kapitallarga ham tayanish yaxshi samara beradi.

Bu yil budjet defitsiti 4 foiz atrofida bo‘ladi. Keyingi yil uchun dilemma oldida turibmiz. Moliyaviy taqchillikni 3 foizda ushlab qolish uchun juda ko‘p bosim kuzatilmoqda.

Hozir biz uchun inflyatsiya darajasini ushlab turish ustuvor masala bo‘lishi kerak. Kelajakda ijobiy natijaga erishish uchun shunday qilishga majburmiz. Biz infratuzilmalarni davlat budjeti hisobiga moliyalashtira olmay qolamiz. Budjet taqchilligini kamaytirish uchun xususiy sektorga, xususiy investitsiyalarga e’tiborni kuchaytiryapmiz. Asosiysi, Markaziy bankni qo‘llab-quvvatlash zarur. Barcha xarajatlarimizni kamaytirishimiz kerak.

Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov dunyodagi iqtisodiy inqiroz masalasiga to‘xtalib, narxlar va dollar kursi oshishi kutilayotgani to‘g‘risida gapirgandi.

“Butun dunyoda bazaviy stavkalar oshishi kuzatilmoqda. Ko‘p insonlar dunyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashishi va hatto to‘xtab qolishi haqida gapirmoqda. Hozir biz rivojlanayotgan davlatmiz. Qarz oluvchi mamlakatmiz. Valyuta bo‘yicha qattiqroq siyosatga o‘tishimiz kerak bo‘lmoqda. Xavotirlarimiz mavjud. Dollarning almashinuv kursi oshadi deyilmoqda. Narxlar oshishi va qarz olish qiyinlashishi aytilmoqda. Albatta, biz jahon ham iqtisodiyotining bir qismimiz. Bo‘layotgan jarayonlardan chetda qola olmaymiz”, – degan bosh vazir o‘rinbosari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?