Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Napoli” Yevropa Chempionlar Ligasining 6-turi doirasida kechgan “Liverpul”ga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchradi (0:2).

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bu neapolliklar uchun joriy mavsum barcha musobaqalar doirasidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Luchano Spaletti shogirdlari Liverpuldagi mag‘lubiyatga qadar 2022/23-yilgi mavsumda 15 g‘alaba va 2 durang qayd etgandi.

Shu tariqa Yevropa top-5 ligalari vakillari orasida joriy mavsum yutqazmagan bitta jamoa qoldi — “PSJ”. Parijliklar 19 o‘yinda 15 g‘alaba va to‘rt durangga erishgan.

Kristof Galte jamoasi keyingi o‘yinni 2-noyabr tunida Turinda “Yuventus”ga qarshi o‘tkazadi.

Neapol klubi Chempionlar Ligasida 15 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. “Napoli” A Seriyada 32 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?