• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ukraina don bitimi doirasida kemalar harakatini to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Turkiya kemalari mahsulotlarni tashishda davom etadi

    Ukraina, Turkiya va BMT vakillari don bitimi doirasida 2-noyabrga gumanitar yo‘lak orqali hech qanday kemalar harakatini rejalashtirmaslikka kelishib oldi. Bu haqda Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtiruvchi markaz xabar bermoqda.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Bayonotda aytilishicha, 1-noyabr kuni BMT va Turkiya inspektorlari Ukrainadan jo‘nab ketayotgan kemalar bortida 36 ta inspeksiya o‘tkazgan. Barcha hisobotlar Rossiya va Ukraina delegatsiyalariga topshiriladi.

    BMT kotibiyati Rossiya muvofiqlashtiruvchi markaz faoliyatidagi ishtirokini to‘xtatganidan keyin amalga oshirilgan kemalar harakati va ularning tekshirilishini vaqtinchalik va shoshilinch chora deb tavsifladi.

    1-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan suhbat chog‘ida Rossiya tomoni Kiyevdan “gumanitar yo‘lak harbiy maqsadlarda foydalanilmasligi” bo‘yicha kafolatlar olganidan keyingina don tashabbusiga qaytishini aytgan.

    Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar Turkiya bayrog‘i ostidagi yuk tashuvchi kemalar, Rossiya don bitimida o‘z ishtirokini to‘xtatganiga qaramasdan, Ukrainadan mahsulotlarni olib chiqishda davom etishini ma’lum qildi. “Kechagi kun holatiga, Ukraina portlaridan chiqib, dengizda bo‘lgan kemalar o‘z yo‘lida davom etmoqda. Turkiya bayrog‘i ostidagi kemalarning chiqishi bilan bog‘liq muammolar yo‘q. Ular chiqishda davom etmoqda”, — dedi u jurnalistlarga.

    Don bitimi

    “Don bitimi” Rossiya va Ukraina tomonidan alohida-alohida Turkiya va BMT bilan 22-iyulda imzolangan edi. Tomonlar don ortilgan kemalar Qora dengiz orqali o‘tishi uchun xavfsiz yo‘lak yaratish majburiyatini oldi, BMT, Turkiya va Ukraina vakillari harbiy yuklar ortilishini istisno qilish uchun nazorat olib borishga kelishib oldi. Bitim uzaytirish imkoniyati bilan uch oyga tuzildi. Birinchi yuk kemasi Odessa portidan 1-avgust kuni chiqib ketdi.

    24-fevral kuni Rossiya operatsiyasi boshlanganidan keyin Ukraina portlaridan don ortilgan kemalar chiqolmay qolgan edi. Kiyev va G‘arb mamlakatlari bunda Moskvani aybladi va oziq-ovqat inqirozi haqida ogohlantirdi. Rossiya, o‘z navbatida, portlar ukrainalik harbiylar tomonidan minalashtirilgani tufayli oziq-ovqat chiqib ketolmayotganini da’vo qildi. Oxir-oqibat, u yerda, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 4,5 milliondan 20 million tonnagacha bug‘doy va makkajo‘xori to‘planib qoldi.

    Don bitimi muddati noyabr oxirida tugashi, barcha tomonlar rozi bo‘lgan taqdirda, shartnoma uzaytirilishi mumkin edi.

    Rossiya o‘z ishtirokini to‘xtatdi

    29-oktabr kuni Ukraina dronlari don yo‘lagi xavfsizligini ta’minlashga jalb qilingan Qora dengiz floti kemalariga hujum qilgach, Rossiya don bitimidagi ishtirokini “noma’lum muddatga” to‘xtatib qo‘ydi. AQSH va Yevroittifoq Moskvani bu qarorni bekor qilishga chaqirdi. BMT va Turkiya don bitimini xavf ostiga qo‘yuvchi qadamlarga qarshi chiqdi.

    Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlari hujumni Britaniya Harbiy-dengiz kuchlari mutaxassislari rahbarligi ostida amalga oshirganini aytmoqda. Rossiyaning don bitimiga qaytishi haqida kemaga uyushtirilgan hujum yuzasidan surishtiruv olib borilganidan keyin gapirish mumkin bo‘ladi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko.

    BMT esa Sevastopolga hujum don bitimi shartlarini buzgan deb hisoblamasligini ma’lum qildi. Tashkilot bitim amal qilishda davom etyapti, deb hisoblashini ta’kidladi.

    Rossiya Mudofaa vazirligi gumanitar yo‘lak orqali harakat to‘xtattilganini ta’kidladi. Biroq Ukraina Infratuzilma vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bitimdan chiqqanidan keyin o‘tgan ikki kun ichida don yo‘lagi orqali ikkala yo‘nalishda 17 ta kema suzib o‘tgan.

    02.11.2022, 09:41   Izoh (0)   13240
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerikalik yigit tomonidan yaratilgan birinchi internet virusi, “haqiqiy erkaklar o‘yini” — xokkeyda niqob paydo bo‘lishi va Vyetnam birinchi prezidentining o‘ldir...

    02.11.2022, 09:30

    KXDR 10 ta ballistik raketa uchirdi, ulardan biri Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tdi

    02.11.2022, 09:19

    Eron Saudiya Arabistoniga qarshi harbiy operatsiya boshlashi mumkin — WSJ

    02.11.2022, 01:31

    Kiyev viloyatida shoshilinch ravishda 425 ta yadroviy boshpana tayyorlanmoqda

    01.11.2022, 23:07

    Buyuk Britaniyaning Collins lug‘ati “permacrisis”ni yil so‘zi deb topdi

    01.11.2022, 20:09

    "Agar Ukraina urushda g'alaba qozonib, Rossiyaning yangi hududlarini tortib olsa, Rossiya atom bombadan foydalanishi mumkin" — Dmitriy Medvedev

    01.11.2022, 19:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.