Daryo

Ukraina, Turkiya va BMT o‘rtasida don eksporti bo‘yicha kelishuv imzolandi

Rossiya va Ukraina g‘alla bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma imzolamasligi qayd etilgan

1 daqiqa o‘qish17 722 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UNIAN

Ukraina, Turkiya va BMT o‘rtasida 22-iyul kuni don eksporti bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda UNIAN nashri xabar qildi.

Foto: UNIAN

Hujjatni Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov, Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar va BMT bosh kotibi Antonio Guterrish imzoladi. Xuddi shu hujjat Turkiya, BMT va Rossiya vakillari tomonidan ham imzolanishi kutilmoqda.

“Odessa”, “Chernomorsk” va “Yujniy” portlarini nazorat qilish Ukraina tomonida qoladi. Rossiya va Ukraina o‘rtasida g‘alla bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma imzolanmasligi qayd etilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar