Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya harbiy rahbariyati oktabr oyida Moskva Ukrainada taktik yadro qurolini qanday va qayerda qo‘llashi mumkinligini muhokama qilish uchun uchrashuvlar o‘tkazgan. Bu haqda The New York Times gazetasi AQSH rasmiylari orasidagi “ko‘plab” manbalarga tayanib xabar bermoqda. Bunday uchrashuvlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari birinchi marta xabar topdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu muhokamalarda qatnashmagan. Biroq, bunday uchrashuvlar bo‘lganining o‘zi Oq uyda xavotir uyg‘otgan, chunki bu Putinning yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqidagi bayonotlari “faqat so‘zda qolib ketmasligi mumkin”ligini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, gazetaning ta’kidlashicha, Vashingtonda hozir Rossiya zarbaga to‘g‘ridan to‘g‘ri texnik tayyorgarlik ko‘ra boshlagani haqida hech qanday dalil yo‘q.

NYT Rossiya Mudofaa vazirligidan izoh talab qilmagan.

Urush boshlanganidan keyin Rossiya hukumati agar mamlakat hududiy yaxlitligiga tahdid tug‘ilsa, yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini bir necha bor aytgan.

Sentabr oyida Putin yadroviy zarba haqidagi gaplar “po‘pisa emas”ligini ta’kidladi. Oktabr oyi oxirida u Rossiyaning Ukrainaga yadroviy zarba berishga “na siyosiy, na harbiy istagi yo‘q”ligini aytdi.

1-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev agar Kiyev Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Ukraina hududlarini kuch bilan qaytarishga harakat qilsa, bu yadroviy zarba uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri bahona bo‘lishini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi