Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Aktyorlar ba’zan komediya janrida bir necha bor o‘zini yaxshi ko‘rsatganidan keyin u endi jiddiy dramatik rollarga da’vogar hisoblanmaydi. Yoki o‘ta nufuzli loyihada ishtirok etish tufayli dunyo miqyosida shuhrat qozongan holda, uni ko‘pchilik faqat bitta xarakter bilan bog‘lashadi. Biroq ba’zi aktyor va aktrisalar bu to‘siqlarni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lib, ularning iste’dodini yuzaki baholamaslik kerakligini hammaga isbotlamoqda.

Benedikt Kamberbatch

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Benedikt Kamberbetch nomi tilga olinganda, ko‘pchilik kino muxlislari yodiga, kim nima deyishidan qat'i nazar, xarizmatik Sherlok Xolmsning qiyofasi keladi. Darhaqiqat, aynan shu rol aktyorni taniqli qilgan. Biroq o‘ta zukko va ayyor daho roli, albatta, uning iste’dodining cho‘qqisi emas.

U buni “It qudrati” dramatik filmidagi ajoyib ijrosi bilan isbotlashga muvaffaq bo‘ldi. “Beshinchi kuch”, “Taqlid o‘yini”, “Doktor Strenj” va boshqa ko‘plab filmlarda bo‘lgani kabi aktyor odatda tomoshabinlar oldida g‘alati va bilimdon odam sifatida namoyon bo‘ldi. Ammo bu filmda Benedikt tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib, qo‘pol, shafqatsiz, qo‘rqituvchi va shu bilan birga juda zaif xarakter sifatida namoyon bo‘ladi — shu bilan yana bir bor tanqidchilar va muxlislarning qalbini zabt etdi.

Rami Malek

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Aktyor karyerasining gullab-yashnashi “Janob Robot” serialiga to‘g‘ri keladi, filmda u xaker-isyonchi Elliot Alderson rolini o‘ynagan. Bu rol Malekka “Emmi” mukofotini olib keldi, uning so‘zlariga ko‘ra, uning hayotini o‘zgartirdi ham. 2018-yilda u dasturchi obrazini muvaffaqiyatli ijro etdi, biroq darrov boshqa “tuzoq”qa tushdi: endi u “Bogema rapsodiyasi” biografik filmida tasvirlangan Freddi Merkuri roli bilan o‘ralashib qoldi.

Bunday darajadagi rollar bilan kurashish qiyin, lekin aktyor hamon harakatda. Agar “Iblis tafsilotlari” filmidagi detektiv Jim Baxterning ekrandagi obrazi ko‘proq Freddi obrazidan uzoqlashishga ataylab qilingan urinish sifatida qabul qilingan bo‘lsa, u holda Jeyms Bondning yovuz qahramoni va asosiy antagonisti sifatida u o‘chmas taassurot qoldirdi.

Adam Sendler

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Adam Sendler ham ajoyib “o‘zgarish”ni amalga oshirdi. “50 ta birinchi bo‘sa”, “Hayot pulti”, “Aralashma" kabi ko‘plab komediyalarda rol o‘ynab, keyinchalik u dramatik janrdagi aktyor sifatida katta e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Masalan, u “Ishlov berilmagan olmos” kriminal trillerida dramatik aktyorlik qobiliyatini yorqin namoyon etdi. Ko‘plab tanqidchilar bu rol Sandler faoliyatidagi eng yaxshi rol ekanligini e’tirof etishdi. Yana bir sport haqidagi dramada ham Adamning roli tanqidchilar tomonidan uning odatdagi qiyofasidan tashqariga chiqqani uchun yuqori baholandi.

Emiliya Klark

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Emiliya Klark mashhur “Taxtlar o‘yini” serialidagi roli bilan mashhur bo‘ldi. Loyiha 8 yil davomida suratga olindi, shuning uchun tomoshabinlar Emiliyani ko‘rganlarida Ajdaholar onasini eslashadi. Biroq boshqa janrdagi filmlarda rol ijro etish tufayli Klark o‘zini boshqa ampulada ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.

2016-yilda aktrisa Sem Klaflin bilan juftlikda “Sen bilan uchrashguncha” romantik dramasida o‘ynab, butun dunyo tomoshabinlarining ko‘z yosh to‘kishiga sababchi bo‘ldi. Keyin u “Xan Solo: Yulduzlar jangi tarixi” ilmiy-fantastik filmida asosiy rollardan birini o‘ynadi. So‘nggi kartinasi — “Ikki kishilik Rojdestvo”da Emiliya o‘zining xarizmasi ajoyib ekanligini va har qanday janrga mos kelishini yana bir bor namoyish etdi.

Deniel Kreyg

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ko‘pchilik tomoshabinlar uchun Deniel Kreyg Jeyms Bond obrazi bilan bog‘langan. Biroq aktyor bu obrazdan juda charchagan. Va nihoyat “Loganning omadi” komediya trilleridagi roli tufayli butunlay kutilmagan tomondan o‘zini ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Daniel nafaqat filmning diqqatga sazovor qahramoniga aylanib, barcha e’tiborni o‘ziga qaratdi, balki o‘zini 007 agenti sifatida deyarli butunlay “yo‘q qildi”.

Robert Pattinson

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Sumerki” franshizasidagi Edvard Kallen roli aktyorni butun dunyoga tanitdi, shu bilan birga uni deyarli bitta obraz quliga aylantirdi. Biroq Pattinson o‘zining g‘amgin vampir rolini keyinchalik ijro etgan turli jiddiy loyihalari tufayli yo‘qotishga muvaffaq bo‘ldi.

Devid Kronenbergning “Kosmopolis” yoki “Yaxshi vaqt” dramasida Robert o‘zining ijrosi bilan barchani hayratda qoldirdi. Ikkinchisida ishlash unga “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida ko‘plab nominatsiyalarni olib keldi. 2022-yilda aktyor Kristofer Nolanning “Isbot” va “Betmen” kabi kuchli filmlarida ishtirok eta boshladi.

Riz Uizerspun

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Uzoq vaqt davomida Uizerspunning karyerasi romantik komediyalarda davom etdi. Nihoyat aktrisaning o‘zi kuchli ayol qahramonlar bilan filmlar yaratishga qaror qildi.

Riz prodyuser sifatida ishtirok etgan birinchi yirik loyiha “Yo‘qolgan ayol” shov-shuvli trilleri edi. “Yovvoyi qiz” sarguzasht dramasi navbatdagi momaqaldiroq bo‘ldi. Unda aktrisa katta rol o‘ynadi va tanqidchilarning qalbidan joy oldi. Va, albatta, suratga olish jarayonining barcha ishtirokchilariga katta shon-shuhrat keltirgan “Katta kichik yolg‘on"”serialini eslatib o‘tish lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?