Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kanadaning Toronto shahridagi maktab yonida otishma sodir etildi, kamida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya matbuot xizmatiga tayanib, CBC xabar berdi.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Hodisa shaharning sharqiy qismidagi maktab binosi yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari u yerda ikki jabrlanuvchi: erkak va o‘smirni topgan. Ularning ikkalasi ham zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan, biroq erkakning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan. O‘smir travmatologiya bo‘limida shifokorlar nazoratida.

Hujumchi voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Politsiya gumonlanuvchini qidirish va otishma holatlarini aniqlashga kirishgan.

Toronto meri Jon Tori fojia munosabati bilan politsiya va maktab rasmiylari bilan uchrashib, ta’lim muassasalaridagi qo‘shimcha xavfsizlik choralarini muhokama qilmoqchiligini ma’lum qildi. Shahar meri shuningdek, marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova