Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShda sodir etmagan zo'rlash va qotillik jinoyatlari uchun jazo muddatini o'tagan 69 yoshli erkak ozodlikka chiqdi.

Moris Xastings 1988-yilda ozod qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, prokurorlar esa unga o'lim jazosini talab qilishgandi.

Sky News xabariga ko‘ra, Xastings bir ayolni zo‘rlash va o‘ldirishda ayblangan. Erkak har doim o'zining aybsizligini ta'kidlagan, 2000 yilda u DNK testini talab qilgan, ammo rad etilgan.

DNK testi faqat 2021-yilga kelib amalga oshirildi va bu oy test natijalari ma'lumotlar bazasi bilan solishtirildi.

Ma'lum bo'lishicha, DNK tahlili 2020 yilda vafot etgan boshqa mahbusga tegishli bo‘lib chiqdi.

Moris Xastings umumiy hisobda 38 yildan ortiq qamoqda o'tirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi