Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko shahar havo hujumidan mudofaa uchun yangi uskunalarini olganini ta’kidladi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

“Harbiylar menga poytaxtga havo hujumidan mudofaa uchun yangi texnika yetib kelganini aytdi. Umid qilamizki, kamikadze dronlari bilan hujumlar va provokatsiyalar endi sodir bo‘lmaydi”, — dedi Klichko

Mer qaysi havo hujumidan mudofaa tizimlari haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi.

Havo hujumiga qarshi mudofaa uskunalari kelganiga qaramay, u energetika infratuzilmasi obyektlariga shikast yetkazilganligi sababli Kiyevda “katta o‘chirish” (isitish tizimlarining o‘chirilishi) ehtimolini istisno qilmadi va poytaxt aholisi, korxonalarni imkon qadar elektr energiyasini tejashga chaqirdi.

“Elektr energiyasining katta taqchilligi tufayli shahrimizning barcha hududlarida favqulodda o‘chirishlar sodir bo‘lmoqda”, — dedi Klichko. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar hokimiyati mablag‘ni tejash maqsadida ko‘plab trolleybuslarni yo‘nalishlardan olib tashlab, ularning o‘rniga avtobuslar joylashtirgan.

Bundan tashqari, boshqa chora-tadbirlar qatorida isitish tizimlarini o‘chirish ssenariysi ham ko‘rib chiqilmoqda, deya qo‘shimcha qildi Kiyev meri. “Bu eng yomon ssenariy, buning sodir bo‘lmasligiga deb umid qilamiz”, — dedi u. Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar Kiyevdagi mingga yaqin issiqlik punktlarini jihozlamoqchi.

Kiyev rasmiylariga ko‘ra, shaharda elektr taqchilligi 20 dan 50 foizgacha. “Agar favqulodda vaziyatlar bo‘lmasa, ‘Ukrenergo’ mutaxassislari ikki-uch hafta ichida kamomadni bartaraf etishiga umid qilmoqdamiz”, — dedi Klichko.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Neymar Braziliyaning JCH—2022 1/8 finaldagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Dunyo
Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Sport
“Zenit” — “Spartak” o‘yinidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi