“Parma” darvozaboni Janluiji Buffon hozirgi kundagi eng yaxshi darvozabonlarni sanab o‘tdi.
“Kurtua, Donnarumma va Oblak/Noyer juftligidan qaysi biridir”, — deydi afsonaviy golkiper.
Buffon so‘nggi ikki mavsumdan buyon Italiya B Seriyasi vakili “Parma” sharafini himoya qilib kelmoqda. Jamoa musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” posboni Tibo Kurtua o‘tgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni sovrinini qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)