Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Liverpul” Angliya Premyer Ligasining 11-turida “Manchester Siti”ni mag‘lubiyatga uchratdi (1:0).

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Shaharliklar” qatorasiga beshta o‘yindan beri “Liverpul”ni yenga olmayapti. “Qizillar” ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozondi, ungacha ikkita durang qayd etilgandi.

So‘nggi bor “Manchester Siti” mersisaydliklarni 2021-yilning 7-fevralida 4:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Yurgen Klopp Gvardiolani eng ko‘p mag‘lub etgan murabbiy bo‘lib qolmoqda. Murabbiylar bu o‘yin bilan hisoblaganda 26 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ularning 12 tasida nemisning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 9 tasida kataloniyalik murabbiy g‘alaba qozongan.

Hech qaysi murabbiy Pepni bu qadar ko‘p mag‘lub eta olmagan. O‘z navbatida Klopp hech qaysi mutaxassisga 9 marta yutqazmagan.

Jamoalarning APL ikkinchi davrasidagi o‘yini 1-aprelda o‘tkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi