Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qo‘llanadi. Shuningdek, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi doirasida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini to‘lash talabi bekor qilinadi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab:

  • asbob-uskunalar sotib olish (sotish) bo‘yicha shartnomada montaj va ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni o‘qitish xizmatlari va boshqa xizmatlar qiymati ko‘rsatilmagan hollarda bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi;
  • mazkur xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun norezidentning soliq solinadigan daromadini shartnoma qiymatining 20 foiziga teng deb hisoblashning amaldagi tartibi bekor qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Farg‘onada ayol o‘zini IIB binosi oldida yoqib yubormoqchi bo‘ldi
Dunyo
Amerikaliklar “Qora juma”da onlayn xaridlarga rekord darajada ko‘p pul sarfladi
Mahalliy
Toshkentda madaniyat uyi yongani rad etildi. U yerda xodimlar shashlik pishirish uchun ko‘mir yoqqan (video)