Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning Ostona sammitiga bag‘ishlangan konsertni tomosha qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, tadbir avvalida yetakchilar o‘rtasida muloqot tashkil etilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Ostona opera” teatrida bo‘lib o‘tgan konsertda qozoq milliy kuy-qo‘shiqlari, klassik simfoniyalar, opera va baletdan namunalar ijro etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 12-oktabr kuni Ostona shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.

Prezident u yerda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlislarida ishtirok etadi. Ushbu sammitlar doirasida hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti — mintaqa mamlakatlari o‘rtasida “muloqot forumi” sifatida tanilgan. Uning asosiy maqsadi Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va aylanishiga qarshi kurashish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi (foto)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi