Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,56 so‘mga ko‘tarilib, 11 069,83 so‘mni tashkil qildi. Yevro 91,40 so‘mga tushib, 10 745,48 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,17 so‘mga pastlab, 178,04 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 11 051,27 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.