Toshkentning Mirobod tumani Qo‘yliq massivida joylashgan gaz quvurini mashina urib yuborishi oqibatida avariya yuzaga keldi.
“Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, gaz sizib chiqishi holati sababli 8 ta ko‘p qavatli uylardagi 220 ta xonadonlarda 10-oktabr kuni soat 11:50 da gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi.
Hozirda avariyani bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.