Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida 5 farzandning onasi osib o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini bildirdi.
Aniqlanishicha, 3-oktabrdan 4-oktabr kuniga o‘tar kechasi Past Darg‘om tumanida yashagan 43 yoshli S.S. ota-onasi yashab kelayotgan uyning hovlisidagi daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Marhuma S.S.ning o‘z joniga qasd qilgani sabablarini aniqlash maqsadida uning turmush o‘rtog‘i, oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shni va mahalladagilardan tushuntirish xatlari olingan, tegishli tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan, xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir: