Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJning G‘uzor tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi.

Nasafnews’ning yozishicha, voqea 5-oktabr kuni sodir bo‘lgan. 1972-yilda tug‘ilgan marhum xodim hamkasblari bilan “G‘uzor-Sovbog” fiderining “Mikop” shoxobchasini avariyadan keyin ko‘rikdan o‘tkazgan. Shu kuni soat 14:30 larda fiderga kuchlanish berilgan.

Soat 15:30 larda iste’molchi bilan kelishgan holda brigada o‘zboshimchalik bilan “Oxunboboyev” fiderining 36-tayanchidan iste’molchi tayanchiga o‘tadigan simlarni yechish vaqtida elektrchi G‘.B. kuchlanish ostida qolgan.

Boshqa xodimlar jabrlanuvchi G‘.B.ni tayanchdan tushirib, birinchi yordam ko‘rsatib, tez yordam chaqirgan. Ammo xodim voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda mazkur voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga doir: Toshkentda Wi-Fi o‘rnatmoqchi bo‘lgan montajchi tok urishi oqibatida vafot etdi (video)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilmoqda
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...