Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 70 yoshga to‘lgani bilan tabriklab, uning “kuchli Rossiyani barpo etishdek buyuk strategik maqsad”ga erishishdagi muvaffaqiyatini qayd etdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Shimoliy Koreya rahbari Putin bilan do‘stona munosabatlari Rossiya va KXDR o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda, jumladan, “mintaqada tinchlik va barqarorlikni himoya qilish, xalqaro adolatga erishish uchun” kurashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

Rossiya prezidentini Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham tabrikladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin hokimiyat tepasiga kelib, “qisqa vaqt ichida davlatning asosiy muammolarini hal qilishga va Rossiyani dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan”. Bundan tashqari, Qodirov Rossiya rahbarining Checheniston taraqqiyotidagi rolini e’tirof etdi.

“Respublika uchun eng og‘ir damlarda u birinchi prezidentimiz, Rossiya Qahramoni Axmat Hoji Qodirovning yo‘l-yo‘riqlarini qizg‘in qo‘llab-quvvatladi, respublikani vayronalardan tikladi, shu bilan birga butun Rossiyani xalqaro terrorizm va banditizm zo‘ravonliklaridan qutqardi”, — deb yozdi Qodirov Telegram-kanalida.

Ikki kun oldin Checheniston respublikasi rahbarining o‘zi ham tug‘ilgan kunini nishonlagan edi. O‘shanda Putin Qodirovni tabriklab, unga ko‘ra, general-polkovnik unvonini berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi