Moskvadagi Federatsiya minorasi yaqinida ikkita mashina yonib ketdi, deb xabar beradi “Telekanal Dojd”.
Manbaning yozishicha, portlatilgan mashinalar yonida bir erkak urushga qarshi shiorlar bilan baqirgan. Uning qo‘lida esa molotov kokteyllari bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, mashinalar yaqin atrofdagi odam tomonidan yoqib yuborilgan, u kirish joyidan 25 metr narida turib, mashinalarga shisha yoki petardaga o‘xshash narsalarni uloqtirgan.
Xabarlarga ko‘ra, politsiya allaqachon o‘t qo‘ygan shaxsni qo‘lga olgan.
Izoh (0)