Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya tarkibiga kiruvchi Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov prezident Putin unga general-polkovnik unvonini berganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘z Telegram-kanalida yozdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Sizlar bilan yana bir xushxabarni bo‘lishmoqchiman. Rossiya prezidenti menga general-polkovnik unvonini taqdim etdi. Farmon 709 raqami ostida chiqdi. Vladimir Vladimirovich bu haqda shaxsan o‘zi meni xabardor etdi va tabrikladi. Xizmatlarimni yuqori baholagani uchun Oliy Bosh qo‘mondonimizdan cheksiz minnatdorman! Bu men uchun katta sharaf. Bildirilgan ishonchni oqlashga so‘z beraman”, — deb yozdi Qodirov.

709-raqamli farmon rasman e’lon qilinganicha yo‘q. 5-oktabr kuni Qodirov 46 yoshga to‘ldi.

General-polkovnik unvoni RF Qurolli kuchlarida martaba bo‘yicha marshal va armiya generalidan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Bundan avvalgi general-leytenant unvoni Qodirovga urush boshlanganidan keyin ko‘p o‘tmay, 2022-yil martida berilgandi.

U 2007-yil fevral oyidan beri Chechenistonga rahbarlik qilib kelmoqda va Rossiya federal hududlari orasida bir respublikani eng ko‘p boshqargan yetakchi hisoblanadi.

Checheniston rahbari 2020-yil iyul oyida Rossiya gvardiyasining general-mayori unvoniga loyiq ko‘rilgandi. Bundan tashqari, u mamlakatdagi eng oliy unvoni Rossiya Federatsiyasi qahramoni bo‘lgan, shuningdek “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” III darajali ordeni, “Jasorat” ordeni, “Sharaf” ordeni va boshqa davlat mukofotlarining egasi hisoblanadi.

2020-yil yakunlariga ko‘ra, Qodirov eng boy Rossiya gubernatori deb topilgan: u bir yil ichida 381,19 million rubl ishlab olgan. Oxirgi ikki yilda Checheniston rahbarining daromadi 50 baravarga oshgan: u 2018-yilda 7,5 million rublni deklaratsiya qilgan bo‘lsa, 2019-yilda ushbu mablag‘ 148 million rublga yetgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi