Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov voyaga yetmagan uch o‘g‘lini “maxsus operatsiya” zonasiga yubormoqchiligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, voyaga yetmaganlik harbiy tayyorgarlikka xalal bermasligi kerak.

Foto: Checheniston rahbari matbuot xizmati

Foto: Checheniston rahbari matbuot xizmati

Qodirovning aytishicha, o‘g‘illari Axmat, Eli va Adam 16, 15 va 14 yoshda, biroq ular harbiy tayyorgarlikni bolaligidan boshlagan.

Axmat, Eli va Adam maxsus harbiy operatsiya zonasida o‘z mahoratlarini qo‘llashga tayyor, men hazillashmayapman. Haqiqiy kurashda o‘zini ko‘rsatish vaqti keldi va bu ularning xohishi, men buni faqat olqishlayman. Tez orada ular frontning old qatoriga boradi va to‘qnashuv chizig‘ining eng og‘ir uchastkalarida bo‘ladi, — dedi Qodirov Telegram’dagi murojaatida.

Shuningdek, Checheniston rahbari tinchlikni istaganlar birinchi navbatda urushga tayyorlanishi kerakligini aytdi.

Men har qanday otaning asosiy maqsadi o‘g‘illarida Allohdan qo‘rqish tuyg‘usini uyg‘otish, ularga oilani, el-yurtni, vatanni himoya qilishga o‘rgatish, deb hisoblaganman. Tinchlikni xohlasang, urushga tayyorlan, — deb yozgan Qodirov.
Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya maxsus kuchlari universiteti qoshida yosh yigitlar turli xil qurollar bilan muomala qilish, ulardan istalgan masofada foydalanish va nazariy asoslarni o‘rganishi mumkin.

Avvalgi murojaatida Qodirov Checheniston Ukrainaga “o‘qitib tayyorlangan jangchilar” bo‘linmasini jo‘natganini, yana bir jangovar guruhni yaqin orada yuborishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov