• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Monika Beluchchi: Jahon kinosi yulduzining mukammal ko‘rinishini ta’minlaydigan go‘zallik sirlari

    Italiyaning dunyoga mashhur aktrisalaridan biri Monika Beluchchining muxlislari uning go‘zalligi haqida ko‘p gapirishadi. Hozirda 58 yoshda bo‘lgan aktrisa go‘zal bo‘lishi va uni saqlab qolishi uchun bir nechta ko‘rsatmalarga amal qiladi. “Lisa.ru” nashri Monika Beluchchining go‘zallik sirlari haqida ma’lumot berdi.

    Basseyn tufayli chiroyli qomatga ega bo‘lish

    Monika qiyin va mashaqqatli mashg‘ulotlarni yoqtirmaydi. U tabiatan dangasa ekanligini tan olgan, bundan tashqari, aktrisa tanasini robot kabi his qilishni istamaydi. Belluchchi bu haqda: “Men hech qachon oriq bo‘lolmayman. Ovqatlanishni yaxshi ko‘raman. Men haqiqatan ham insonman. Soxta bo‘lishni niyat qilmayman”, — deydi aktrisa.

    Italiyalik yulduz yillar davomida qanday qilib chiroyli qomatini saqlab qola oldi? U faqat o‘ziga yoqqan narsani qiladi. Aktrisa basseynda suzishni yaxshi ko‘radi va haftasiga to‘rt marta u yerda taxminan 45 daqiqa vaqt o‘tkazadi. Monika yogani ham yaxshi ko‘radi.

    “Men yoga bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘raman, biroq ko‘p sayohat qilaman, shuning uchun muntazam mashq qilish qiyin. Ilgari umuman yoga bilan shug‘ullanmasdim, hozir ham u bilan har kuni shug‘ullanayotganim yo‘q. Mening turmush tarzim tufayli bu shunchaki imkonsiz, — deydi aktrisa.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Parhezlarni yoqtirmaydigan aktrisa

    Monika Beluchchi umuman parhez qilmaydi. Aktrisa mazali taomlarni iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi. Biroq asosiy nyuans bor — u hech qachon ortiqcha ovqatlanmaydi, qismlarga bo‘lib ovqatlanadi.

    Belluchchi makaron va pitssa, shuningdek, shokoladni juda yaxshi ko‘radi. U o‘zini sevimli ovqatidan cheklamaydi va agar vazn yo‘qotishi kerak bo‘lsa, o‘z parheziga ko‘proq sabzavot va mevalarni kiritadi. Yoki qora liboslarni kiyadi.

    “Ertalab soat beshda turib, oltida mashg‘ulotda bo‘lish? Yo‘q. Sport zaliga borishning o‘rniga, men shunchaki qora kiyimlarni kiyaman: bu oson va qiziqarliroq, — deydi Monika. U, shuningdek, ayollarga o‘zlarini sevimli taomlari bilan xursand qilish va iste’mol qilingan ovqat uchun o‘zlarini koyimaslikni maslahat beradi.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Yuz terisi parvarishi

    Aktrisa yuz terisiga alohida e’tibor beradi. Har kuni ertalab dush qabul qiladi, so‘ngra yuzini tonik, sivorotka (zardob) va namlantiruvchi krem bilan uqalaydi. Haftada bir necha marta terini skrab va o‘zi tayyorlagan bodom yog‘li niqob bilan tozalaydi.

    “Men yuz terimga g‘amxo‘rlik qilaman, uning yaltirab turishi makiyajning chiroyli chiqishini ta’minlaydi. Tozalash va namlantirishga mas’uliyat bilan yondashaman. Lablarim katta bo‘lganligi sababli ular qurishga moyil, shuning uchun ularni namlantirishim kerak”, — deydi Belluchchi.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Sochni parvarish qilish

    Italiyalik aktrisaning nafaqat yuzi va tanasi, balki sochlari ham ajoyib ko‘rinishga ega. U sochlarini haftasiga ikki martadan ko‘p yuvmasligini aytgan. Aktrisa shampunni mineral suv bilan suyultiradi, chunki u kosmetik mahsulotda juda ko‘p konsentratlar bor deb hisoblaydi.

    Belluchchi sochiga zarar yetkazishdan qo‘rqib, deyarli sochlarini fen bilan quritmaydi. Aktrisaning jingalak sochlarining chiroyli ko‘rinishi va mayinligining siri — bu ularni oziqlantiradigan zaytun yog‘ining ta’siridir.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Makiyaj

    Monika kundalik hayotida yuziga ko‘p kosmetika vositalarini ishlatishni yoqtirmaydi. Odatda aktrisa, ko‘zlarini bo‘yashi, kipriklariga tush surib lablarini bo‘yashi mumkin.

    “Men tabiiy ko‘rinishni afzal deb bilaman. Menga terim nafas oladigan mahsulotlar yoqadi. Kundalik makiyaj uchun och kulrang yoki jigarrang, bir so‘z bilan aytganda, ko‘zimning rangiga mos tushadigan juda yengil tenlarni tanlayman. Men odatda qora tushdan foydalanaman. Bu obrazning yanada tugalroq qilishga yordam beradi”, — deydi Monika.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Aktrisa odatda yorqin qizil lab bo‘yog‘idan foydalanishni yaxshi ko‘radi, bu rang uning obraziga yanada ko‘rk bag‘ishlaydi.

    Plastik operatsiyalarga qarshi 

    Monika Beluchchi plastik operatsiyalarga qarshi aktrisalardan biri. U to‘g‘ri parvarish yosh ko‘rinishni saqlab qolishga yordam berishiga ishonadi va plastik operatsiya individuallikdan mahrum qiladi.

    “Men hayotimda hech qachon plastik jarrohlikdan foydalanmayman, hamma narsa o‘z yo‘lida ketishi kerak. Qirq yoshli ayolning yigirma yoshdek ko‘rinishga harakat qilishi bema’ni va kulgili”, — deydi Belluchchi.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Dam olish

    Monika o‘z oilasi bilan vaqt o‘tkazishni, katta dasturxon atrofida yig‘ilishni, sevimli taomlarini yeyishni yaxshi ko‘radi. Shuningdek u inson o‘zi bilan yolg‘iz qolishi kerak deb hisoblaydi.

    “Bo‘sh vaqtimda cho‘milishni yaxshi ko‘raman. Ushbu 45 daqiqa yoki bir soat ichida faqat o‘zingizga mehr berish juda muhim”, — deydi Gollivud yulduzi.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Yoshni qabul qilish

    Monikaning 58 yoshda ekanligiga ishonish qiyin, ammo bu fakt. Aktrisaning o‘zi bu raqamlar haqida qayg‘urmaydi — aksincha, u o‘z yoshini qabul qiladi va hozir 20 yoshdan ko‘ra baxtliroq ekanligiga ishontiradi.

    “Ko‘plab insonlar yoshi o‘tishi bilan go‘zalligini yo‘qotishdan qo‘rqadi, biroq men bu narsalar haqida qayg‘urmaslikka harakat qilaman. Men o‘limdan ko‘proq qo‘rqaman, chunki ikki nafar farzandim bor va ularning ulg‘ayishini ko‘rmoqchiman. Bari bir qariganda hech narsa qila olmaysiz, shuning uchun uni qabul qilgan ma’qul. Farzandli bo‘lmaganimda o‘lim haqida o‘ylamasdim, qariyotganimni ham sezmasdim. 45 yoshimda esa ikkinchi farzandimni dunyoga keltirdim va yoshligimda jismonan ancha kuchli ekanligimni angladim. Biroq, hozir o‘zimni 20 yoshimdagidan ancha yaxshi his qilyapman. Men o‘zimga ishonaman va muammolarni oson hal qilaman. O‘zimni borimcha qabul qilaman”, — deydi Belluchchi.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Barcha ayollarga maslahat 

    Monika ayol kishi o‘ziga ishongan hamda hech kimga o‘xshashga harakat qilmagan taqdirda go‘zal bo‘lishini aytadi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, go‘zallik tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq emas, u ayolning hayotiy tajribalarini aks ettiruvchi nafislikdir.

    “Men har doim yosh qizlarga o‘zini yaxshi ko‘rishi haqida aytaman. Axir, go‘zallik ideali mavjud emas, to‘ladan kelgan ayollar go‘zallikda ozg‘in qizlardan qolishmaydi. Siz o‘zingizning kimligingizni qabul qilishni o‘rganishingiz kerak. Men o‘zimni borimcha qabul qilaman, shuningdek, ideallik mavjud emas va shuning uchun men bunga intilmayman”, — deydi aktrisa.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Asosiy go‘zallik siri

    “Insonlar meni go‘zal deganlari uchun emas, balki o‘zim tanlagan hayotda yashayotganim uchun o‘zimni juda qulaylikni his etaman. Men hayotni sevaman. Bu mening go‘zalligimning eng asosiy siri”, — deya xulosa qiladi Monika Belluchchi.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Mavzuga doir:

    •  Monika Belluchchi, Salma Xayek va hech qachon plastik operatsiyaga murojaat qilmagan mashhurlar (foto).
    • “Birovga buyum singari egalik qilishni istash — bema’nilik”. 57 yoshni qarshilagan Monika Beluchchi haqiqatlari.
    • Stiv Jobs, Monika Belluchchi va boshqa mashhurlarning model sifatida karyera boshlagan farzandlari (foto).
    • Go‘zallik ma’budasi: Monika Belluchchining tarixga kirgan 15 ta eng yorqin obrazi (foto).

    06.10.2022, 16:49   Izoh (0)   14238
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda

    06.10.2022, 14:55

    Gollivud yulduzi Keyt Uinslet 47 yoshda: aktrisa haqidagi qiziqarli faktlar

    06.10.2022, 12:49

    Instagram: Jahongir Ortiqxo‘jayev nevarali bo‘ldi, Malika Ravshanova xonadonida bayram, Manzuraning yer ostiga sayohati

    05.10.2022, 22:19

    Zulfiqor Musoqov ilk film namoyishidan 20 yil o‘tib, “Osmondagi bolalar”ning 3-qismini suratga olishni boshladi (video)

    05.10.2022, 21:33

    Muvaffaqiyat siri: Hind kino sanoatiga uyatchan aktyor sifatida kirib kelgan Dharmendra qanday qilib millionlab muxlislar qalbini zabt etdi? (foto)

    05.10.2022, 19:26

    “Duo olishga borib, baloga qoldik”. Farhod va Shirin prodyuserlari Bobur Bobomurod bilan nima sababdan sudlashgani haqida (video)

    05.10.2022, 17:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga telefon importi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 12:50

    Kayfiyatingizni ko‘tarib, hayotga qiziqish uyg‘otadigan 7 ta film

    Kino | 19 iyul, 12:26

    “Manchester Siti” Vinisius uchun kurashga kirdi

    Sport | 19 iyul, 11:59

    Chevrolet yangilangan Tracker krossoverini ishlab chiqarishni boshladi

    Avto | 19 iyul, 11:55

    Bakalavr va magistrlar uchun davlat grantlari soni oshirildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 11:46

    Tramp “Epshteyn ishi” bo‘yicha barcha maxfiy materiallarni oshkor qilishni buyurdi

    Dunyo | 19 iyul, 11:35

    Foto: Namangan dalalarida paxta ochildi (foto)

    O‘zbekiston | 19 iyul, 11:15

    Shov-shuvli janjallar tufayli karyerasini o‘z qo‘li bilan barbod qilgan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 19 iyul, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.