Kinorejissor Zulfiqor Musoqov “Osmondagi bolalar” filmining davomini suratga ola boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda syomka jarayonlari aks etgan videolar e’lon qilinmoqda.
Filmda ancha ulg‘ayib qolgan bosh qahramonlarning keyingi taqdiri ochib beriladi. Xususan yangi filmda Baxtiyor va Lolaning oilasi, farzandlari haqida hikoya qilinadi.
“Osmondagi bolalar-3” bu avvalambor, o‘z xatti-harakatiga bo‘lgan mas’uliyat. Ana shu mas’uliyat film mohiyatini o‘zida ifodalaydi. Oradan 20 yil o‘tdi... Vaqtni to‘xtatib bo‘lmaydi. Bo‘lajak film hammani tashvishlantirgan umuminsoniy qadriyatlar haqida. Vatan, ota-ona, farzand, umr yo‘ldoshga bo‘lgan sevgi haqida, — deydi rejissor Zulfiqor Musoqov film haqida bergan intervyusida.Mavzuga doir: “Osmondagi bolalar” 20 yoshda: Film qanday suratga olingan? Bosh qahramonlar bugungi kunda nima ish bilan band? (foto)
Izoh (0)