“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda yangi — “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini boshladi. Ko‘rsatuvning 1-soni mehmoni sifatida chaqirilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olish uchun velosipedlardan foydalanish masalasiga to‘xtaldi.
Suhbat davomida Toshkent shahar hokimligi Jamoatchilik kengashi raisi Furqat Mahmudxo‘jayev shaharsozlik infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirgan. Xususan, u velosipedlarga o‘tish ham muammoni yechishning bir varianti ekanini aytgan.
Buning uchun velosipedda yurish uchun imkoniyat bo‘lishi kerak. Hozir velosipedda yuraman desangiz, avariya bo‘lasiz.Furqat Mahmudxo‘jayevning ta’kidlashicha esa, bir narsa boshlansa, ikkinchisi sekin tortib ketaveradi.O‘zim ham Oliy Majlisga bir necha kun qatnab ko‘rdim. Yo‘lning u betidan bu betiga o‘tish muammo bo‘ldi, — degan deputat bu fikrga javoban.
Men Yevropa davlatlarini misol qilib olyapman, balki asosni ulardan olish kerakdir, — deydi u.
Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.
Izoh (0)