Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘tgan haftada dunyo bo‘yicha 2,9 milliondan ortiq kishida koronavirus aniqlandi, ko‘rsatkichlar 19—25-sentabr sanalariga qiyoslaganda 6 foizga kamaygan.

Qayd etilishicha, COVID-19 sabab hafta davomida 8,3 ming nafardan ziyod bemor vafot etgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu raqamlarni tahlil qilib, o‘lim holatlari soni 12 foizga pasayganini ma’lum qildi. Sezilarli kamayish dinamikasi Afrika (-32 foiz) va G‘arbiy Tinch okeani mintaqasi (-22 foiz) mamlakatlarida kuzatildi. Yevropada esa aksincha 8 foizlik o‘sish qayd etildi. O‘lim holatlarining pasayishi esa barcha mintaqalarda ro‘yxatga olindi.

O‘tgan hafta ichida eng ko‘p bemor Germaniyada aniqlandi — 400 mingdan ziyod kishi. AQSHda xastalikka chalinganlar soni 312 ming, Yaponiyada 306 ming nafardan oshdi. Xitoy (303 ming) va Fransiya (qariyb 265 ming) esa navbatdagi o‘rinlarni band etdi.

Yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSH yana oldinda. Bu yerda xastalik tufayli 2728 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Shuningdek, Rossiyada 711, Yaponiyada 563, Xitoyda 368 va Braziliyada 286 nafar bemor koronavirus qurboniga aylandi.

JSST eksperti Mariya van Kerxovening ta’kidlashicha, hozir dunyoda omikron shtammining BA.5 subvarianti dominant. Xastalikdan asosan emlanmagan aholi qatlami aziyat chekmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov