Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ro‘parasida daraxtlarning yonib, kesib ketilgan holati haqida Telegram’dagi “Kusherbayevga_murojaat” kanalida ma’lum qilingandi. Deputat Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, shahar prokuraturasi holatga munosabat bildirdi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Munosabatda aytilishicha, Yashnobod tumanidagi ushbu hudud “Musamuxamedova-Djurayeva Dilfuza” fermer xo‘jaligi maydoni bo‘lib, unda jami 533 tup, shundan 2 tup yong‘oq, 446 tup olxo‘ri, 83 tup terak daraxtlari noma’lum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yashnobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?