Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda yangi — “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini boshladi. Ko‘rsatuvning 1-soni mehmoni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev avtoturargohlar muammosi mavzusiga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Deputatning qayd etishicha, hozirda O‘zbekiston qonunchiligida aholi yashash xonadonlari atrofida mashinalarni saqlash, joylashtirishga doir konkret hujjat yo‘q. SSSR davridagi normativ qonundan haligacha foydalaniladi.

Menga odamlar hujjat ko‘tarib kelishdi. Bizda ko‘p qavatli binolarning atrofida avtomobillarni saqlash qoidalariga doir alohida normativ qonunimiz yo‘q ekan. SSSRdan qolgan bir hujjat bor ekan va biz hali ham amalda o‘sha bilan ishlarkanmiz.

Mustaqillik davrida qayerlardadir ozgina-ozgina yechimlar ketgan ekan, lekin umumiy kompleks hujjatning o‘zi yo‘q ekan. 1960—1970-yillarda chiqqan hujjat bilan ishlab yurishibdi va sudlarda ham shu hujjat asosida sudlashishyapti, — deydi Rasul Kusherbayev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi