Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda firibgarlik bilan shug‘ullangan advokat ushlandi. Bu haqida “Daryo”ga DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Samarqand viloyat prokuraturasi

Foto: Samarqand viloyat prokuraturasi

Ta’kidlanishicha, DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat IIB hamda prokuratura xodimlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

4-oktabr kuni Samarqand shahridagi “Status” advokatlik hay’ati advokati, 1981-yilda tug‘ilgan H.A. fuqaroning sud tomonidan ko‘rib chiqilgan avtomashina olti-sotdisi bo‘yicha firibgarlik yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini appelyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqilishida yordam berishini va’da qilib, buning evaziga 9 million so‘m hamda mazkur jinoyat ishini fuqaroning foydasiga hal qilish evaziga sudyaga berish uchun 3 ming dollar talab qilgan.

Foto: Samarqand viloyat prokuraturasi

Foto: Samarqand viloyat prokuraturasi

O‘tkazilgan tadbir davomida H.A. fuqarodan 4 ming dollarni olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Hozirda advokatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Suriyada ISHID yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi
Dunyo
“Oyiga 2,5 ming kishigacha”. AQSH Ukraina harbiylarini o‘qitish dasturini kengaytirmoqchi
Dunyo
AQSH Eron yadro dasturini harbiy yo‘l bilan to‘xtatishga tayyorligini bildirdi