Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar qurilishi keskin ko‘paydi. Afsuski, noqonuniy qurilish qilayotgan tadbirkorlar va yangi ko‘p kvartirali uy quraman deb fuqarolar ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan moddiy boylik orttirishni maqsad qilganlar ham tez-tez uchramoqda.

Fuqarolar uy-joy sotib olayotgan, xususan, urilishi hali bitmagan yoki umuman boshlanmagan uylardan xonadon xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida Qurilish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Elyor Komilov “Daryo”ga tushuntirish berdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 27-maydagi “Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida” qaroriga asosan ulush kiritish asosida qurish elektron platformasi shakllantirilgan.

Uy sotib olayotgan fuqaro xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uyning Qurilish vazirligining elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan yoki yo‘qligini tekshirishi kerak. Buning uchun uy olmoqchi bo‘lgan fuqaro “mc.uz/ulushdor/ ushbu havola orqali qurilayotgan uyning ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirishi kerak. Bu havola orqali hamma uchun ochiq bo‘lgan majmua nomi, quruvchi tashkilot nomi manzili va shu kabi ma’lumotlarni olish mumkin.

Qurilish tashkilotlari qay tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

Qurilish tashkiloti qurilayotgan uyning ma’lumotlarini elektron tartibda platformaga yuklaydi va vakolatli organing mas’ul xodimi ma’lumotlarni ko‘rib chiqib 3 ish kunida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Agar barcha hujjatlari to‘liq bo‘lsa bir kun ichida ko‘rib chiqilib ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Elektron ro‘yxatga kiritish uchun quruvchilar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

  • ko‘p kvartirali uylarni qurish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasi va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligi;
  • qurilish majmuasiga kiradigan ko‘p kvartirali uylar va boshqa qurilish obyektlari qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z moliyaviy resurslari yoki mazkur mablag‘larga yoxud uning yetishmayotgan qismiga kredit ajratish haqida bank kafolat xati mavjudligi;
  • qurilish majmuasi uchun loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi mavjudligi;
  • texnik va mualliflik nazorati hamda davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tegishli shartnomalar tuzilganligi;
  • ulushdorlar tomonidan kiritilgan mablag‘larni jalb qilish uchun tijorat bankida alohida hisobvaraq ochilganligi.
Ushbu qarorga asosan tashkil etilgan elektron platforma ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish bozorini tartibga solish uy xarid qilayotgan fuqarolarni maksimal darajada risklardan himoyalash maqsadida faoliyat olib bormoqda. Ro‘yxatdan o‘tgan qurilish tashkilotlar yuqorida ko‘rsatilgan talablariga asosan qurilish jarayonini olib borayotgan bo‘ladi.

Qurilish davomida fuqarolar mablag‘larini qurilish ishlariga jalb qilayotgan qurilish tashkilotlari Elektron platformadan ro‘yxatdan o‘tishi shart. Ro‘yxatdan o‘tmasdan turib qurilish ishlariga fuqarolarning mablag‘lariga jalb qilish mumkin emasligi belgilangan hamda Elektron platformadan ro‘yxatdan o‘tmagan qurilish tashkilotlari qurayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasini reklama qilishi hamda ulushdorning mablag‘larini qurilishga jalb qilishi mumkin emas.

Qurilish ishlari tugallangan uylar egalariga topshirilgandan keyin kamida 2 yil davomida qurilish obyekti ekspluatatsiyasining kafolat muddatini amalga oshirib boradi.

Qarorga asosan ulushdor fuqarolar quyidagilarni:

  • qurilish obyektidagi qurilish ishlari holati bilan tanishishga;
  • shartnoma shartlari bajarilishi bo‘yicha quruvchidan yozma shaklda ma’lumot talab qilishga;
  • qurilish obyektlarini qurish ustidan texnik, shuningdek, mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslarni yoki mutaxassislarni jalb qilish orqali amalga oshirishga haqli.
Qurilish ustidan davlat nazorati: Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilib boriladi.

Ko‘p kvartirali uy-joylarni ulush kiritish asosida qurayotgan qurilish pudrat tashkilotlari yuqoridagi qarorga asosan faoliyat olib borishlari lozim.

Elyor Komilov, Qurilish vazirligi bo‘lim boshlig‘i 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi