Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda ikkilamchi bozordan (eski uylar) uy-joylar sotib olish uchun ipoteka kreditlari yil oxirida ochilishi mumkin. Bu haqda Moliya vazirligi Ipoteka krediti bozorini moliyalashtirish va rivojlantirish departamenti direktori Baxtiyor Rajabov aytib o‘tdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi 2019-yilda tashkil qilingan edi. 

Mazkur kompaniya ochilishi Osiyo taraqqiyot banki bilan 2019-yilda qarz bitimlar doirasida amalga oshirilgan. 

Ya’ni kompaniya faoliyatini tashkil etish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan davlat kafolati asosida 150 million dollar mablag‘lar jalb etilgan.

Kompaniya bilan Osiyo taraqqiyot banki mezonlarga mos kelgan kreditlarni qayta moliyalashtiriladi. 

Bugungi kunda qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish bo‘yicha ham ish olib borilmoqda. Muzokaralar shu yil oxirigacha bo‘ladi. O‘zaro kelishuvlar tugaganidan so‘ng bitimlar asosida Ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi tomonidan banklar tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari qayta moliyalashtiriladi, — deydi Baxtiyor Rajabov. 

Avvalroq O‘zbekistonda uch oy ichida eski uylar keskin qimmatlagani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi