Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda joriy yil avgust oyida ikkilamchi bozorda (eski uylar) uylarning o‘rtacha narxi o‘sishi 0,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi “Daryo”ga ma’lum qildi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eski uylar narxi iyun 2,7 foizga, iyul oyida esa 2,5 foizga oshgan edi. Shu tariqa o‘sish ko‘rsatkichlari sekinlashdi.  

Uy-joy narxining sezilarli o‘sishi quyidagi viloyatlar kuzatildi: 

  • Xorazm — 6,1 foiz; 
  • Qashqadaryo — 1,9 foiz; 
  • Farg‘ona — 1,8 foiz.

Toshkent shahri va viloyat administrativ markazlarida ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlar o‘zgarishi (1 kv metr uchun dollarda)

Toshkent shahri va viloyat administrativ markazlarida ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlar o‘zgarishi (1 kv metr uchun dollarda)
Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Uy-joy narxining eng ko‘p pasayishi quyidagi viloyatlarda qayd etildi: 

  • Surxondaryo — 5,3 foiz; 
  • Andijon — 2,1 foiz; 
  • Sirdaryo — 1,2 foiz; 
  • Navoiy — 1,1 foiz.

Avgust oyida Toshkent shahrida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida narxlar o‘sishi biroz sekinlashdi va 1,4 foizni tashkil etdi. Iyun oyida bu ko‘rsatkich 2,4 foiz, iyul oyida esa 2,9 foiz bo‘lgan edi. 

Uy-joy narxining eng katta o‘sishi Chilonzor, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida qayd etildi. Sergeli tumanida narxlarning pasayishi kuzatildi.

Avvalroq O‘zbekistonda eski uylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari yil oxirida ochilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi