Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning Xerson viloyatidagi okkupatsion hukumat vakili Aleksey Katerinichev Ukraina Qurolli Kuchlarining HIMARS baravar o‘t ochuvchi reaktiv tizimidan berilgan zarbalar oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” muxbiriga Xersonning Rossiya tomonidan bosib olingan hududi harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Uning so‘zlariga ko‘ra, 30-sentabrga o‘tar kechasi Xerson markazidagi Katerinichev yashaydigan binoga ikkita raketa kelib tushgan.

Aleksey Katerinichev Xersonning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyatida hukumat rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlardi.

Rossiya Jamoatchilik palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Katerinichev Xerson viloyatidagi lavozimida bir yarim oy ishlagan. Bunga qadar u 25 yil chegara qo‘shinlari va Federal xavfsilzik xizmati bo‘linmalarida xizmat qilgan. 2021-yildan buyon “Lider” Maxsus xavf ostidagi qutqaruv operatsiyalari markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi