Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

DXR, LXR hamda Xerson va Zaporojye viloyatlarining Rossiya qo‘shinlari nazorati ostidagi qismlari Rossiya tarkibiga kirishi yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va “ta’nalarga loyiq bo‘ladi”, dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining beshta doimiy a’zolaridan biri sifatida ushbu tashkilot “ustaviga rioya qilinishi yuzasidan alohida mas’uliyatga ega”. “Bir davlat hududining kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish natijasida boshqa davlat tomonidan bosib olinishi BMT Ustavi va xalqaro huquq tamoyillarining buzilishi hisoblanadi”, — dedi Guterrish.

Uning ta’kidlashicha, BMT bo‘lib o‘tgan referendumlarga nisbatan qat’iy pozitsiyani egallagan. “Biz Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralari doirasida va BMT rezolyutsiyalariga muvofiq, uning suvereniteti, birdamligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi bosh kotib.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaning qo‘ldan boy berilgan hududlaridagi referendumlar “davom etayotgan qurolli nizo sharoitida” hamda “Ukraina huquqiy va konstitutsiyaviy maydonidan tashqarida” o‘tkazilgan. “Ularni haqiqatan ham xalq xohish-istagining aks etishi deb atab bo‘lmaydi”, — dedi Guterrish.

Avvalroq Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari davlat suvereniteti va mustaqilligini tan olgani, tegishli farmonlarni mamlakat prezidenti Vladimir Putin imzolagani xabar berilgandi.

30-sentabr kuni 15:00 da (Toshkent vaqti bilan 17:00) esa Kremlda yangi hududlarning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi haqidagi shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Referendumlar

Rossiya tarkibiga kirish haqidagi referendumlarda ovoz berish 27-sentabr kuni yakunlandi. 28-sentabr kuni ertalab Donbass saylov komissiyalari ovozlarning 100 foizi ko‘rib chiqilganidan keyin referendumlar natijalarini e’lon qildi. Ularning aytishicha, LXR saylovchilarining 98,42 foizi, DXR elektoratining 99,23 foizi, Zaporojye va Xerson viloyatlari bosib olingan hududlari aholisining esa tegishli ravishda 93,1 foizi va 87,05 foizi Rossiya tarkibiga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.

Referendumlar boshlanishidan oldinoq Putin Rossiya Donbass, shuningdek, ikki viloyat fuqarolarining yakuniy qarorini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.

AQSH va Yevroittifoq esa referendum natijalarini tan olmasligini ma’lum qilgan va u o‘tkazilgan taqdirda, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilgandi. Shuningdek, Serbiya va Turkiya ham ovoz berish yakunlarini tan olmasligini bildirgan.

Kanada bosh vaziri referendumlar tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini e’lon qildi. Zelenskiy esa referendumlar tan olinsa, Putin bilan muzokaralar o‘tkazmasligini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi