Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezidentining O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmoni qabul qilindi.

Mamlakatda ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi katta xizmatlari, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bilan

  • Mustofoyev Jumanazar Safoyevich - Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Shamsidinov Abduqodir Umarovich - Marhamat tumanidagi 47-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni bilan
  • Mamadaliyev Isomiddin Imomaliyevich - Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya va biologiya fanlari o‘qituvchisi, Namangan viloyati
  • Eshankulov Baxodir Axmadaliyevich - O‘rta Chirchiq tumanidagi 124-imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab-internati tarbiyachisi, Toshkent viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
  • Bogdasarova Tatyana Mixaylovna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Uralov Abduvali Turgunovich - Guliston tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Formanov Shakir Kasimovich - O‘zbekiston Milliy universitetining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi professori
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
  • Baytemirov Asadulla Xaitboyevich - Zarbdor tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Tuxliyev Nurislam - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi professori
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
  • Abduvalitov Yergash Buranevich - Toshkent davlat pedagogika universitetining qozoq tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
  • Bakirov Abduvali - Angren shahridagi 1-kasb-hunar maktabining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Dadadjanova Eleonora Abduvaxabovna - Farg‘ona viloyati chet tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori
  • Jalalova Nilufar Abdirashidovna - Yakkasaroy tumanidagi 319- ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Kuchkarov Abdulla Madaminovich - Shovot tumanidagi Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Mardonova Nigora Axatkulovna - Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi tarbiyachisi, Samarqand viloyati
  • Maxmudov Ravshanbek Jalilovich - Guliston davlat universitetining milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professori, Sirdaryo viloyati
  • Mengliyev Abduraxmon Javliyevich - Qiziriq tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Mirzabayev Serikbay Dauilbayevich - Nukus shahridagi 2-kasb-hunar maktabining bosh ustasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Rixsiyev Mamurjon Akromovich - Chilonzor tumanidagi 217-umumiy o‘rta ta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Toshpulatov Bobir Buronovich - G‘uzor tumanidagi 68-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Tursunova Xurmat Toshevna - Kogon tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Buxoro viloyati
  • Xalilova Moxira Kodirovna - Nurota tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
  • Adilova Shoira Muxammadiyevna - Oqoltin tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, Sirdaryo viloyati
  • Amirova Zuvayda Shadmanovna - Termiz shahridagi kasb-hunar maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Babadjanov Xushnut - Urganch davlat universitetining rus tili va adabiyoti kafedrasi professori, Xorazm viloyati
  • Davlatova Manzura Asrorovna - Karmana tumanidagi “Begim Kids” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-uslubchisi, Navoiy viloyati
  • Yelmuratov Baxitbay Kuanishbayevich - Taxtako‘pir tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Jumaniyazova Muxabbat Boltayevna - Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Jo‘rayeva Hidoyat Shodiyevna - Navbahor tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Zairov Djura Tashpulatovich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining og‘ir atletika bo‘yicha murabbiysi
  • Isaqova Adolat Valiyevna - Norin tumanidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
  • Ismailova Shoira Pulatovna - Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyining informatika fani o‘qituvchisi
  • Kazabayeva Ozoda Alimuxamedovna - Parkent tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Kuvatova Dilnavoz Namazovna - Qarshi shahridagi 46-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Qashqadaryo viloyati
  • Mamajonova Muxabbatxon Maxkamovna - Qo‘shtepa tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Mirzayeva Ravshanoy Xurbayevna - Paxtaobod tumanidagi 1-kasb-hunar maktabi direktori, Andijon viloyati
  • Misirova Manzura Abdumajitovna - Do‘stlik tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Olimova Zevar Sultonovna - Vobkent sanoat va transport texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Raxmonova Xusniya Usmonovna - Payariq tumanidagi “Happy Dreams House” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Samarqand viloyati
  • Sabirova Dono Ilxamjonovna - Yakkasaroy tumanidagi “Lider bolalar maktabi” nodavlat ta’lim tashkilotining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Saidova Gulbahor Xudayberganovna - Amudaryo tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Sobirova Muyassarxon Parpibayevna - Bekobod tumanidagi 2-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Toshkent viloyati
  • Shaymuratova Dilyara Rashidovna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent shahri
“Do‘stlik” ordeni bilan
  • Adilova Mashkura Nasirovna - Qibray tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Azimov Mumin Usmanovich - Ko‘kdala tumanidagi Chiroqchi pedagogika kolleji direktori, Qashqadaryo viloyati
  • Annayev Tuxtash Jurayevich - Termiz davlat universitetining O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Axmedov Ashraf - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti sharq xalqlari fani va madaniyati tarixi bo‘limi boshlig‘i
  • Dusova Zuxra Maxmudovna - Tomdi tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi tarbiyachisi, Navoiy viloyati
  • Juravleva Olga Anatolyevna - Paxtakor tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Kadirimbetova Salima Rasbergenovna - Nukus tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Kambaraliyev Tairjon Nurmatovich - Uchqo‘rg‘on tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
  • Mamatxalilova Gulbaxar Sadirovna - Jalaquduq tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qirg‘iz tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Nozadze Tamara Vasilyevna - Yashnobod tumanidagi 166-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Nurullayeva Nigora Nazirovna - Urganch davlat universiteti akademik litseyining nemis tili fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Plazinskaya Marina Stanislavna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining musiqa nazariyasi bo‘limi o‘qituvchisi
  • Raxmatullayeva Elvira Railevna - Buxoro shahridagi “The Knowledge Academy” nodavlat ta’lim tashkilotining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Ruziyeva Larisa Raximovna - Samarqand shahridagi 1-imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabi direktori, Samarqand viloyati
  • Tugusheva Zulfiya Fanilevna - Marg‘ilon shahridagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Urazbayeva Mavlyuda Anvarovna - Toshkent shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak rahbari
“Shuhrat” medali bilan
  • Abilkasimov Akmal Bekturdiyevich - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi
  • Alimova Gulchexra Gafurovna - P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining liboslar dizayni fani o‘qituvchisi
  • Ataboyeva Sevara Mamasaliyevna - Toshkent shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi
  • Bozorov Sayfullo Sadullayevich - Mirishkor tumanidagi 21-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Botirova Guzalxon Turdiyevna - Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi
  • Davlatov Nosirjon Ergashaliyevich - Quva tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Doniyorov Sodiq Holiqovich - S.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyining kimyo fani o‘qituvchisi
  • Jumaniyozov Erkaboy Raxmonovich - Yangihayot tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Ikromov G‘olibjon Tolibjonovich - Shayxontohur tumanidagi 102-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Karimova Farida Azatbayevna - Ohangaron tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Kdirbayeva Lala Abdikadirovna - Qo‘ng‘irot tumanidagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Qarshiboyeva Ma’mura Amirkulovna - Sharof Rashidov tumanidagi “Mubinabonu” oilaviy bolalar uyi rahbari, Jizzax viloyati
  • Qurbonov Boburmirzo Xoshimjonovich - Buvayda tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining kimyo fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Mamadaliyeva Muxayyo Ubaydullayevna - Uchko‘prik tumanidagi 27-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Farg‘ona viloyati
  • Saparova Dilshoda Adashevna - Tayloq tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Safarov Rustam Dusiyorovich - Yashnobod tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internati direktori, Toshkent shahri
  • Subxonov Nurmurod Haydarovich - Romitan tumanidagi 41-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Tokumbetov Shavkat Kaipnazarovich - To‘rtko‘l tumanidagi 63-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Tusmatov Oybek G‘afurovich - Izboskan tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Ulug‘berdiyeva Gulchehra Aliqulovna - Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Umarova Muxayyo Shamshidinovna - Uychi tumanidagi 30-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Namangan viloyati
  • Umrzakov Sarvarbek Muxamadovich - Bo‘ston tumanidagi 48-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • O‘talov Lutfulla Narzullayevich - G‘allaorol tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Fuzailova Xulkar Ergashevna - Jomboy tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Xaitov Xusniddin Xasanovich - Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Xamdamova Muxayyo Soxibnazarovna - Bektemir tumanidagi 293-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Xasanova Aydin Bekturdiyevna - Gurlan tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Xudayberganova Muxayyo Sabirovna - Urganch shahridagi 1-kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Xorazm viloyati
  • Xusanova Zumrad Nozimjonovna - Mirobod tumanidagi «Excellence Education Group» nodavlat ta’lim tashkiloti rahbari, Toshkent shahri
  • Haydarov O‘ktam Xazratovich - Qorako‘l tumanidagi 53-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Sharapov To‘ra Ne’matovich - Yakkabog‘ tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Yuldashova Barchinoy Nurillayevna - Konimex tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda