Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 23-sentabr kuni Boshqaruv sifati indikatorlarining (Worldwide Governance Indicators) 2021-yil yakunlari bo‘yicha natijalar e’lon qilindi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” xabar qildi.

Qayd etilishicha, boshqaruv sifati indikatorlarini shakllantirishda umumiy hisobda 30 ta axborot manbalaridan foydalaniladi. O‘zbekistonning ko‘rsatkichlarini hisoblashda oldingi yildan farqli ravishda 16 ta (“The Economist Intelligence Unit”, “Freedom House”, Osiyo taraqqiyoti banki, AQSH davlat departamenti, Bertelsman fondi va boshqa ko‘plab tashkilotlar) axborot manbasidan foydalanilgan. O‘zbekistonni baholashda yangi qo‘shilgan axborot manbasi sifatida “Siyosiy xavf xizmatlari xalqaro mamlakat risklari bo‘yicha qo‘llanmasi” ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Yangilangan reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning barcha 6 ta indikatorlaridagi natijalari sezilarli darajada o‘sdi. Jumladan, “Hukumat samaradorligi” ko‘rsatgichida O‘zbekiston 208 ta mamlakat orasida 116-o‘rinni egallab, avvalgi natijasini 22 pog‘onagayaxshiladi. “Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik/terrorizimning mavjud emasligi” ko‘rsatkichida natija 19 pog‘onaga o‘sib 130-o‘rinda qayd etildi.

“Tartibga solish sifati” yo‘nalishida respublikaning o‘rni 33 pog‘onaga o‘sdi. Bu borada O‘zbekiston 144-o‘rinda qayd etildi.

Mamlakatning “Korrupsiyani tiyib turish” indikatoridagi natijasi 15 pog‘onaga yaxshilanib 161-o‘rinda qayd etilgan.

“Huquq ustuvorligi” yo‘nalishida mamlakat 168-o‘rin (+13 pog‘ona), “Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik” ko‘rsatkichi bo‘yicha 182-o‘rinda (+12 pog‘ona) qayd etildi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qatarda JCH-2022 uchun stadionlar qurilishiga “Tolibon” yordam bergan — Telegraph
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi