Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyada safarbarlik e’lon qilingan 21-sentabrdan boshlab ruslar ommaviy ravishda mamlakatni tark eta boshladilar. Meduza nashri qancha odam chegaradosh davlatlarga chiqib ketgani haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Reuters”

Foto: “Reuters”

Manbaga ko‘ra, Rossiya chegaralaridan qo‘shni davlatlarga chiqib ketgan kishilar soni quyidagicha:

  • Qozog‘iston — 98 ming;
  • Gruziya — 53 ming;
  • Finlyandiya — 43 ming;
  • Mongoliya — 3,8 ming.
Qo‘shni davlatlar bilan chegaralarda uzun navbatlar paydo bo‘lgan. Rossiya rasmiylari chiqishda umumiy taqiq bo'lmaydi, deb ishontirmoqda, ammo bunday taqiq allaqachon harbiy komissarlarning buyruqlarida ta’kidlangan va ba’zi rossiyaliklarga chegarachilar mamlakatdan chiqishni rad etishgan.

Meduza manbalariga ko‘ra, safarbarlik yoshidagi erkaklar uchun chegaralar o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR va LXRda hamda Ukrainaning bosib olingan hududlarida “referendumlar”dan keyin yopilishi mumkin.

Rossiyani tark etish uchun erkaklardan harbiy ro‘yxatga olish idorasining ruxsatnomasi talab qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov tergov hibsxonasida vafot etdi
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...