Rossiyada safarbarlik e’lon qilingan 21-sentabrdan boshlab ruslar ommaviy ravishda mamlakatni tark eta boshladilar. Meduza nashri qancha odam chegaradosh davlatlarga chiqib ketgani haqida ma’lumot berdi.
Manbaga ko‘ra, Rossiya chegaralaridan qo‘shni davlatlarga chiqib ketgan kishilar soni quyidagicha:
- Qozog‘iston — 98 ming;
- Gruziya — 53 ming;
- Finlyandiya — 43 ming;
- Mongoliya — 3,8 ming.
Meduza manbalariga ko‘ra, safarbarlik yoshidagi erkaklar uchun chegaralar o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR va LXRda hamda Ukrainaning bosib olingan hududlarida “referendumlar”dan keyin yopilishi mumkin.
Rossiyani tark etish uchun erkaklardan harbiy ro‘yxatga olish idorasining ruxsatnomasi talab qilinmoqda.
Izoh (0)