Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” nashri 26-sentabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

Safarbarlik boshlanganidan buyon 261 ming nafar erkak Rossiyani tark etgan

Safarbarlik haqida e’lon qilinganidan keyin Rossiya hududini 261 ming nafar erkak tark etgan. Bunday ma’lumotlarni 25-sentabr kuni Rossiyaning “Novaya gazeta. Yevropa” muxolifat nashri Rossiya prezidenti ma’muriyatidagi manbasiga tayanib e’lon qildi.

Bu raqamlarni rahbariyatga Federal xavfsizlik xizmati taqdim etgan. Kremlda 21-sentabr kuni kechqurundan buyon, xavfsizlik kuchlari Rossiyani tark etayotgan erkaklar soni haqida ma’lumot kelib tusha boshlagach, chaqiriq yoshidagi erkaklarning mamlakatdan chiqib ketishini taqiqlash masalasi muhokama qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Hozirgi vaziyat yuzasidan, Yaponiya Rossiyaga kimyoviy qurol bilan bog‘liq mahsulotlar eksportini taqiqladi.

Yaponiyaning yangi sanksiyalari DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar o‘tkazilishi sabab qo‘llangan.

Ayni paytda Qozog‘iston ham Ukraina viloyatlarining Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlarni tan olmasligini ma’lum qilgan.Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabda otishma yuz berdi, qurbonlar borVoqea Rossiya tarkibidagi Udmurtiya respublikasi poytaxti Ijevsk shahridagi 88-maktabda yuz bergan.O‘qotar dastlab qo‘riqchilarga qarata o‘t ochgan, so‘ng bolalarni nishonga ola boshlagan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra qurbonlari soni 13 kishiga yetdi. Jumladan 8-15 yosh oralig‘idagi besh nafar bola halok bo‘lgan. Yana 9 kishi jarohatlangan, deb xabar bermoqda 112 Telegram kanali.

Udmurtiya rahbari Brechalov halok bo‘lganlar orasida bolalar ham borligini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otishma sodir etgan shaxs ham o‘lgan, u o‘z joniga qasd qilgan.

Erondagi namoyishlarda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Eronda o‘n kundan beri davom etayotgan namoyishlarda kamida 41 kishi halok bo‘ldi. Ko‘plab shaharlarda, jumladan, Tehronda xavfsizlik kuchlari olomonga qarata o‘t ochdi. Tehron politsiyasi turar joy binolari derazalariga o‘q uzdi. Rasht shahrida esa guvohlar va ijtimoiy tarmoqlardagi videolarga ko‘ra, kvartiralarga ko‘zni yoshlatuvchi gaz o‘rnatilgan portlatkichlar uloqtirilgan.

Mamlakatda 2009-yildan beri hukumatga qarshi eng yirik namoyishlar 16-sentabr kuni, 22 yoshli Mahsa Aminiyning o‘limidan keyin boshlangan edi. Qiz hijobni “noto‘g‘ri” o‘ragani uchun axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan, so‘ng politsiya uchastkasidan kasalxonaga olib ketilgan va u yerda vafot etgan edi. 24-sentabr kuni namoyishlar Eronning 80 ta shahriga tarqaldi.

Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda

Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda. Yakshanba kuni boshlangan yahudiylarning Rosh-Xashana bayramini nishonlash chog‘ida Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan himoyalangan yahudiylar Al-Aqso majmuasiga bostirib kirishdi. Guvohlarning Anadolu agentligiga aytishicha, dushanba kuni isroillik harbiylar al-Mug‘robiy darvozasidan o‘nlab yahudiylarni olib kirishgan.

Al-Aqso majmuasida politsiya kuchlari ko‘pchilikni tashkil etgan, ofitserlar hatto majmuadagi asosiy ibodatxonalardan biri bo'lgan Qibli masjidiga ham kirib borishgan.

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 1,99 trln so‘m ajratiladi

“Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Norma.Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish;
  • “ayollar daftari”, “yoshlar daftari” va “temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ko‘mir va suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish hamda bolalarni issiq kiyim-kechak bilan ta’minlash;
  • olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarni hamda tabiiy ofatlar tufayli yo‘llar talafot ko‘rishi ehtimoli mavjud qishloq va ovullarga ko‘mir va suyultirilgan gazni yetkazib berish hamda 15-20 kunga yetadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqada ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov