Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabda sodir etilgan otishma qurbonlari soni 13 kishiga yetdi. Jumladan 8-15 yosh oralig‘idagi besh nafar bola halok bo‘lgan. Yana 9 kishi jarohatlangan, deb xabar bermoqda 112 Telegram kanali.

Voqea Rossiya tarkibidagi Udmurtiya respublikasi poytaxti Ijevsk shahridagi 88-maktabda yuz bergan edi. Hujumchi dastlab qo‘riqchilarga qarata o‘t ochgan, so‘ng bolalarni nishonga ola boshlagan.

Avvalroq “Yoshkin Krot” Telegram-kanali hodisada 7 kishi halok bo‘lgani, ulardan 4 nafari bolalar ekani haqida xabar bergandi.

Udmurtiya rahbari Brechalov halok bo‘lganlar orasida bolalar ham borligini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otishma sodir etgan shaxs ham o‘lgan, u o‘z joniga qasd qilgan.

Rossiya maktablarida otishma uyushtirilishi bilan bog‘liq voqealarning eng yiriklaridan biri 2021-yilda Qozonda yuz bergandi.

2021-yil 11-mayda 19 yoshli Ilnaz Galyaviyev o‘zi bitirib ketgan 175-maktabga qonli hujum uyushtirdi. Yigit qurol olib yurish ruxsatnomasiga ega bo‘lgan, maktab hududiga o‘q-dorilar zaxirasi bilan kirib kelgan. Otishma oqibatida to‘qqiz nafar odam halok bo‘ldi, 23 kishi jarohatlandi, yaralanganlarning aksar qismi bolalar edi. Maktabga politsiyachilar yetib kelganidan keyin Galyaviyev taslim bo‘ldi va uni hibsga olishdi. Mergan qilgan qonli jinoyati uchun qamaldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilmoqda
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...