Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eronda o‘n kundan beri davom etayotgan namoyishlarda kamida 41 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar yaralandi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Ko‘plab shaharlarda, jumladan, Tehronda xavfsizlik kuchlari olomonga qarata o‘t ochdi. Tehron politsiyasi turar joy binolari derazalariga o‘q uzdi. Rasht shahrida esa guvohlar va ijtimoiy tarmoqlardagi videolarga ko‘ra, kvartiralarga ko‘zni yoshlatuvchi gaz o‘rnatilgan portlatkichlar uloqtirilgan.

Mamlakatda 2009-yildan beri hukumatga qarshi eng yirik namoyishlar 16-sentabr kuni, 22 yoshli Mahsa Aminiyning o‘limidan keyin boshlangan edi. Qiz hijobni “noto‘g‘ri” o‘ragani uchun axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan, so‘ng politsiya uchastkasidan kasalxonaga olib ketilgan va u yerda vafot etgan edi. 24-sentabr kuni namoyishlar Eronning 80 ta shahriga tarqaldi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy buyrug‘i bilan ayollarga qarshi qaratilgan repressiyaga javoban, ayniqsa, yosh eronliklar orasida bir necha oydan beri chuqur norozilik kayfiyati va g‘azab kuchaymoqda. Namoyishchilar, shuningdek, korrupsiya, iqtisodiy jihatdan noto‘g‘ri boshqaruv va dissidentlarga qarshi yillar davomida olib borilayotgan tazyiqlarga qarshi chiqmoqda.

Mahalliy xavfsizlik kuchlari bir necha kun davom etgan shiddatli to‘qnashuvlardan so‘ng orqaga chekingach, mamlakatning g‘arbiy chegarasi yaqinidagi kichik, asosan, kurdlar istiqomat qiladigan Oshnaviye shahri namoyishchilar tomonidan egallab olindi. Aholi shaharga kiraverishda to‘siqlar o‘rnatgan.

Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida nutq so‘zlab qaytgan Eron prezidenti Raisiy 23-sentabr kuni Tehron aeroportida qilgan chiqishida hukumat “hech bir sharoitda mamlakat va jamiyat xavfsizligining tahdid ostida qolishiga yo‘l qo‘ymasligini” aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi