Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Mamlakat Iqtisodiyot vazirligi Rossiyaga “kimyoviy qurolga aloqador” tovarlarni eksport qilishni taqiqladi. Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyaning mudofaa sohasidagi 21 ta tashkilot kiritilgan.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Yaponiyaning yangi cheklovlari “Energiya” AJ, “Kurchatov instituti” Milliy tadqiqot markazining A. I. Alixonov nomidagi Nazariy va eksperimental fizika instituti, “Etalon” Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “Moselektronproekt” OAJ va boshqalarga nisbatan joriy etildi.

Sanksiyalar 3-oktabrdan kuchga kiradi.

Yaponiya sanksiyalarni kengaytirishi haqida o‘tgan hafta e’lon qilgandi. U mazkur choralarni DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar o‘tkazilishi bilan izohladi. Tokio Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlanganidan beri sanksiyalar kiritmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?