• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent hokimini prezident maqtagan bo‘lsa, qashqadaryolik hokimlar tanqid qilindi, qoraqalpoq yigiti esa yosh qizga kuch ishlatdi: “Daryo”da dayjest

    Yakunlanayotgan hafta avvalida Qashqadaryodagi bog‘chaning 50 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlangan bo‘lsa, Buxoroda maktab sinfxonasining shifti qulab tushdi. Toshkentda esa prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektorda 14 nafar tuman hokimi ishdan olinib, ularga uch oylik sinov muddati belgilandi. “Daryo” har doimgidek hafta yakunida hududlarda ro‘y bergan eng shov-shuvli voqealarni esga oladi.

    “Daryo”ning Namangan viloyatidagi muxbiri Azizbek Abduvaliyevning ma’lumot berishicha, 14-sentabrdan boshlab Namangandagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida narxlar pasayishi kuzatilgan. Viloyatdagi avtomobillarga metan gaz to‘ldirish shoxobchalarida o‘rtacha narx 2800 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, hozirga kelib hududdagi mavjud 115 ta metan gaz zapravkalarining 15 dan ortig‘ida bu ko‘rsatkich 2600 so‘mgacha pasaygan.

    O‘tayotgan hafta, shuningdek, hokimlar bilan bog‘liq shov-shuvli voqealarga boy hafta bo‘ldi.

    Hafta boshida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikada faoliyat yurituvchi hokimlarning 14 nafari sohadagi kamchiliklari sabab ishdan olinib, ularga uch oylik sinov muddati berildi. Videoselektorda turizm vaziri Aziz Abduhakimov, moliya vaziri Timur Ishmetov, Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev va Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov qat’iy ogohlantirildi. Qolaversa, “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi Husnutdin Hosilov uch oyda tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi ma’lum qilindi.

    Mazkur tanqiddan xulosa qilgan hokimlar — Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Kosonsoy, Samarqand viloyatining Urgut tumani hokimi “Daryo” so‘roviga javoban tanqiddan qilingan xulosalari hamda uch oy muddatda davlat rahbari, tuman aholisi ishonchini oqlash uchun nimalar qilmoqchiligini gapirib berdi.

    Biroq, Qashqadaryoning Yakkabog‘, Kasbi va Qamashi tumani hokimlari OAV, xususan “Daryo”ning bu haqdagi so‘rovini ochiq qoldirdi. Ular jurnalistning “Turizmni rivojlantirish borasidagi qaysi kamchiligim uchun prezident tanqidiga uchradim deb o‘ylaysiz?”, “Berilgan uch oylik muddatda nimalar qilib, davlat rahbari va tuman aholisi ishonchiga erishaman deb rejalashtiryapsiz?”, — deya bergan savollariga javob berolmadi.

    Jamoatchilikka avvaliga 311 million so‘mga Captiva xarid qilishi bilan, so‘ngra viloyatning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyevga “tosh otishi” bilan tanilgan Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali qilingan dastlabki muloqotida savollarni eshitdi. Savollarni tinglab bo‘lgach, yonida mehmonlari borligini aytib, birozdan so‘ng qaytib qo‘ng‘iroq qilishini bildirdi. Lekin va’da qilingan paytda na qo‘ng‘iroq qildi va na takroriy qo‘ng‘iroqlarga javob berdi.

    Qamashi tumani hokimi Botir Tog‘ayev ham jurnalistni aldagan. U jurnalist bilan telefon orqali muloqotida savollarni tinglagan. Ammo matbuot kotibi orqali savollarni avvalroq olganini aytib, 20-sentyabr kuni kechki paytgacha har ikkala savolga ham yozma javob berishini aytgan. Biroq hokim savollarga o‘sha paytning o‘zida javob bermagani yetmaganidek, shunchaki va’da berish, yolg‘on gapirish bilan kifoyalangan.

    2021-yil prezident Shavkat Mirziyoyev tanqidiga uchrab, viloyatdagi sektor rahbarlari kafilligida zo‘rg‘a lavozimida qolgan Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliyev esa OAV vakili bilan muloqot qilishni ham istamagan. To‘g‘rirog‘i, OAV vakili savollaridan qochgan. Avvaliga matbuot kotibi Laziz Temirov orqali, so‘ngra Jamol ismli yordamchisi orqali savollarni tinglagan janob Meyliyev OAV so‘roviga bepisand munosabatda bo‘lib, javob berishni o‘ziga ep ko‘rmagan.

    Qashqadaryoning sobiq hokimi 2021-yilning noyabr oyidan beri Toshkent viloyatiga rahbarlik qilib kelayotgan Zoir Mirzayev prezident Shavkat Mirziyoyevning maqtoviga erishib, Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida viloyatning doimiy hokimi sifatida tasdiqlandi.

    Vaqtincha rahbar vazifasini bajarib turgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinbayev esa tanqidiy chiqishlarini davom ettirib, bu safar To‘rtko‘l tumani mas’ullarini “savalagan”.

    “Daryo” o‘z o‘quvchilariga eng shov-shuvli voqealarni ulashishda davom etadi.

    24.09.2022, 19:07   Izoh (0)   37254
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda 46 nafar hokim yordamchisi grant asosida talaba bo‘ldi

    24.09.2022, 18:47

    “Zakovat” Markaziy Osiyo kubogi yarim finalchilari aniqlandi

    24.09.2022, 18:31

    Toshkent, Samarqand va Andijonda noqonuniy “valyutchik”lar ushlandi

    24.09.2022, 18:17

    Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

    24.09.2022, 17:35

    Toshkent—Chirchiq—Hojikent tezyurar shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi joriy etildi

    24.09.2022, 17:15

    “O‘zbekneftgaz”: Fitch Rating xalqaro kredit reytingini “barqaror” bashorati bilan “BB-” darajasida tasdiqladi

    24.09.2022, 16:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.