Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Namangandagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida narxlar pasayishi kuzatilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Bu boradagi ovozalarga ishonch hosil qilish uchun bugun, 14-sentabr kuni tongda Namangan shahrining “Go‘zal” dahasidagi shoxobchalardan biriga borganimizda 2700 so‘mdan metan gaz quyilayotganiga guvoh bo‘lgandik.

Tush paytiga kelib, viloyatdagi shoxobchalarda chindan ham narxlar pasayishni boshlaganini tasdiqlovchi ma’lumotlar kelishni boshladi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Shu paytgacha viloyatdagi avtomobillarga metan gaz to‘ldirish shoxobchalarida o‘rtacha narx 2800 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, hozirga kelib 15 dan ortiq shoxobchada bu ko‘rsatkich 2600 so‘mgacha pasaygan.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Namangan shahrida 27 ta, viloyat bo‘yicha esa jami 115 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Mavzuga doir: “Metan gaz narxlari ko‘tarilganicha yo‘q, biroq sezilarli tafovutlar bor”. “Daryo” muxbirlari gaz quyish shoxobchalaridagi narx-navoni o‘rgandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak
Mahalliy
“Qonunlar ishladi”: Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
Dunyo
Rossiyalik harbiylar Xersondan chekinmoqchi bo‘lgan, ammo Putin buni taqiqlagan va endi joylarda strategik qarorlarni o‘zi qabul qilishini aytgan