Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Dolchin qo‘shib tayyorlanadigan ushbu shirinlik xushbo‘y hid va mazali ta’mga ega. Unga o‘zingiz yoqtirgan murabboni qo‘shishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • sariyog‘ — 100 g
  • jigarrang shakar — 5-6 qoshiq
  • maydalangan dolchin — 3-4 qoshiq
  • qavatli xamir — 450 g
  • tuxum sarig‘i — 1 dona
  • sut — 2 qoshiq
Tayyorlanishi:
  1. Pechni oldindan 180 daraja haroratda qizdirib oling. Pech varag‘ining ustiga pergament qog‘ozni qo‘ying.
  2. Sariyog‘ni eritib oling. Shakarni dolchin bilan aralashtiring.
  3. Xamirni 5-7 mm qalinlikdagi to‘rtburchak shaklida yoyib chiqing. Unga sariyog‘ qo‘shing va shakar bilan seping.
  4. Xamirdan o‘ramalar hosil qiling. Uni 2-3 sm qalinlikdagi bo‘laklarga kesib oling. O‘ramalarni pishirish varag‘iga qo‘ying.
  5. Tuxum sarig‘ini sut bilan ko‘pirtiring. O‘ramalarga tuxum sarig‘ini surting va jigarrang bo‘lgunga qadar 20-30 daqiqa davomida pechda pishiring.
Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi