Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“21-sentabr, chorshanba kuni Sankt-Peterburgda gubernatorning Smolniydagi qarorgohi va Rossiya banki qarshisidagi ‘Tavricheskiy’ biznes markazida ish kuni odatdagi kabi boshlanmadi. Xodimlar prezident Putin murojaatini kuzatdi. 80-yillarning ba’zi ilmiy-fantastik filmlarida bo‘lgani kabi Putin kiraverishdagi ekranda, ofislardagi barcha kompyuterlarning monitorlarida ko‘rinish berdi. Rostini aytsam, bu dahshatli edi”, — deydi xodimlarning biri BBC’ga bergan intervyusida. Nashr Rossiyada qisman safarbarlik joriy etilgach, mamlakat aholisi buni qanday qabul qilgani, rossiyaliklar hayotida bo‘lgan o‘zgarishlar haqida material e’lon qildi.

Qisman safarbarlik e’lon qilingandan so‘ng, xodimning aytishicha, ofisda muhokamalar avj oldi, hech kimning ishlashga qo‘li bormadi. “Bugun kechqurun norozilik namoyishlari bo‘lsa, eng yaqin reys bilan bu axlatdan qochib ketishni o‘ylayapman. Vaziyat ayanchlidek tuyulsa-da, men prezident Putinning mag‘lubiyatini his qilyapman”, — deydi u.

Seshanba kuni kechqurun texnika universitetlaridan birining aspiranti va o‘qituvchisi ovqat olib kelayotgan kuryerni kutayotgan edi, qo‘ng‘iroqni eshitdi, eshikni ochdi, lekin yetkazib beruvchining o‘rniga u fuqarolik kiyimidagi ikki kishini ko‘rdi. Ular yigitga harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozini topshirdi.

Nusxasi mavjud bo‘lgan hujjatda aytilishicha, gidrodinamika bo‘yicha mutaxassisdan 22-sentabr kuni harbiy ro‘yxatga olish bo‘limiga kelishi so‘ralgan. 26 yoshli aspirant harbiy kafedrada havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa zaxirasi ofitserini tayyorlash dasturi bo‘yicha tahsil olgan.

“Bo‘limga borib kelgach, u zaxiradagi leytenantga aylanadi. Ammo uning tajribasi yo‘q”, — deya xavotirga tushdi yigitning o‘gay otasi BBC bilan suhbatda. “Nima qilishni bilmaymiz. Ilgari bormaslik uchun javobgarlik unchalik katta bo‘lmagan, endi Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar tufayli bu mutlaqo tushunarsiz holatga kelib qoldi”.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

“Oyoq-qo‘llarni sindirish, tergov izolyatorida o‘tirish va har qanday holatda ham bu jarayonga kirishmaslik”

Aksariyat rossiyaliklar urushni qanday chetlab o‘tishni o‘ylab kun o‘tkazmoqda. Holat kutilmaganda sodir bo‘ldi: hatto xizmatni o‘tagan erkaklar ham safarbarlikka tayyor emas. Shunday qilib, moskvalik Vyacheslavning so‘zlariga ko‘ra, uning armiyada xizmat o‘tagan do‘stlarining ko‘pchiligi qanday qilib bo‘lsa ham, ro‘yxatdan tushib qolish uchun tibbiyot sohadagi tanishlari, qarindoshlarini qidira boshlagan.

Kun davomida BBC’ga Rossiyaning turli burchaklaridan yozishgan — ba’zi tashkilotlarda hatto “harbiy tayyorgarlik”dan o‘tish uchun xodimlar ro‘yxatini tayyorlash so‘ralgan. Nashr kamida uchta shunday xatga ega (Boshqirdiston va Moskva viloyatidagi tashkilotlarga yuborilgan). Qolaversa, ularning barchasida 20-sentabr sanasi ko‘rsatilgan, ya’ni ular Putin qisman safarbarlik e’lon qilishdan bir kun oldin yuborilgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Chaqiruvni kutayotgan ko‘plab erkaklar yaqinda oldilarida tanlov paydo bo‘lishi mumkinligini tushunmoqda: qamoq yoki urush. “Eng yaxshi variant — safarbarlikdan bosh tortgani uchun qamoqxona. Navalniy ishi va Rossiyadagi qiynoqlar tarixiga nazar tashlasangiz ham, baribir unday qiynoqlardan o‘lish ehtimoli peshanadan o‘q yeb o‘lish ehtimolidan pastroq. Men hamma narsani qilaman, lekin urushga bormayman”, — deb qaror qildi BBC’ning Moskvadagi suhbatdoshlaridan biri.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Qisman safarbarlik e’lon qilingandan so‘ng chiptalar narxi ikki baravar oshdi va Moskvadan vizasiz Istanbul, Yerevan va Bokuga keyingi to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar to‘liq yakunlandi. Istanbulga 23-sentabrdan oldin 85 ming rublga uchish mumkin. Keyingi reys uchun Yerevanga chipta narxi 103 ming rublni tashkil qiladi.

Ommaviy axborot vositalarida Kursk viloyati bosh harbiy komissari Vladimir Rodionovning so‘zlari keng miqyosda tarqatilmoqda. Unga ko‘ra, 21-sentabrdan boshlab harbiy komissiyada va rezervda turgan viloyat aholisining hududdan chiqib ketishi taqiqlandi.

Foto: BBC

Foto: BBC

Yana uchta mintaqadagi shunga o‘xshash holat kuzatilmoqda. Xabarlarda “zaxiradagi ofitserlar, askarlar va matroslar” hatto chaqiruv qog‘ozi olmagan va safarbarlik buyrug‘i bo‘lmagan taqdirda ham, o‘z yashash joylarini tark etishlari vaqtincha taqiqlanadi.

Ayni damda vaziyat qanday?

Rossiyaning Qozog‘iston va Gruziya bilan chegaralarida bir necha kilometrlik navbatlar yuzaga kelgan. Shuningdek, bunday holatlar G‘arbiy Qozog‘iston viloyatidagi Mashtakovo—Sirim chegaradan o‘tish yo‘lida, Rossiyaning Ozinki qishlog‘i yaqinidagi shu viloyatga kiriladigan yana bir punktda, Troisk shahrida ham qayd etilgan.

Mashinalardan iborat bir necha kilometrlik navbatlar yuzaga kelgan va odamlar o‘n soatlab navbat kutmoqda. Ba’zilar esa chegarani piyoda kesib o‘tmoqda.

Bundan tashqari, Rossiyaning Gruziya bilan chegarasida ham o‘z mamlakatini tark etish istagida bo‘lgan rossiyaliklarning avtomobillaridan iborat tiqilinch yuzaga kelgan. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari voqea joyidan olingan videolar bilan bo‘lishmoqda.

Ma’lumot uchun, 21-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonni imzolagan. “Vatanimiz, yaxlitligimizni himoya qilish uchun qisman safarbarlikni qo‘llab-quvvatlash zarur, deb hisoblayman”, — degan Rossiya rahbari. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya safarbarlik resursining taxminan 1 foizini tashkil qiladi.

Shundan keyin Rossiyada safarbarlik e’lon qilinishiga qarshi “Change.org” saytiga joylangan petitsiyani o‘n minglab odam imzoladi. Safarbarlik e’lon qilinganidan keyin bir necha daqiqalar ichida Moskvadan Istanbulga, Tbilisiga va Yerevanga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar uchun chiptalar to‘liq sotilib ketgan. Shuningdek, Moskvadan Toshkentga reyslar chiptalari ham qolmagan.

OAVlar eslatishicha, “Rossiya Federatsiyasida safarbarlikka tayyorgarlik ko‘rish va safarbarlik to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, harbiy hisobda turgan fuqarolar yashash joyidan harbiy komissariatlar ruxsatisiz chiqib ketishi taqiqlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Xersonning ozod qilingan qismidan ilk kadrlar. Rossiya chegaralaridagi tirbandliklar. Urushning 217-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat