Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyada safarbarlik e’lon qilinishiga qarshi “Change.org” saytiga joylangan petitsiyani o‘n minglab odam imzoladi. Ayni paytga qadar u qariyb 70 mingta imzo to‘pladi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Biz, Rossiya fuqarolari, ayollar va erkaklar umumiy va qisman safarbarlikka qarshi chiqamiz. Prezident Putinda uni e’lon qilish uchun qonuniy asoslar, oqilona va faktlarga asoslangan sabablar yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Joriy noaniqlik vaziyatida biz mamlakatimiz erkaklari — aka-ukalarimiz, o‘g‘illarimiz, erlarimiz, otalarimiz va bobolarimizni na ma’naviy, na axloqiy, na jismoniy xavfga duchor qilishni istamaymiz”, — deyiladi petitsiya matnida.

Petitsiya 2022-yil aprelida ehtimoliy safarbarlik haqidagi mish-mishlar fonida e’lon qilingan edi. Bu xabarlar tasdiqlanmaganidan keyin mualliflar imzo yig‘ish muddatini butun “maxsus harbiy operatsiya” davri uchun uzaytirishga qaror qildi. Mayga kelib, uni 50 ming kishi imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 21-sentabr kuni Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi.

Uning aytishicha, muddatli harbiy xizmatga faqat hozirda zaxirada bo‘lganlar, birinchi navbatda, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, muayyan harbiy mutaxassislik va tegishli tajribaga ega bo‘lgan fuqarolargina chaqiriladi. Shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar bo‘linmalarga jo‘natilishdan oldin “maxsus harbiy operatsiya” uchun qo‘shimcha harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi.

Safarbarlik tadbirlari 21-sentabr kuni boshlanadi. Putin hududlar rahbarlariga “harbiy komissarliklar ishi uchun zarur barcha yordamni ko‘rsatishni” buyurdi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya safarbarlik resursining taxminan 1 foizini tashkil qiladi.

Vazirning aniqlik kiritishicha, zaxirada bo‘lgan Rossiya fuqarolari chaqiriladi, talabalarni safarbarlik qilish haqida gap bormayapti, shuningdek, chaqiriq bo‘yicha xizmat o‘tayotganlar ham safarbar etilmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiri tayinlangan” — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi