Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Flightradar24 servisi 21-sentabr Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridan amalga oshirilayotgan parvozlar aks etgan videoni

Flights departing Moscow and St. Petersburg today. The @AP is reporting international flights departing Russia have either sold out or skyrocketed in price after Putin announced a mobilization of reservists.

Search SVO, VKO, DME for Moscow airports and LED for St. Petersburg. pic.twitter.com/LV2PrkwPD9

— Flightradar24 (@flightradar24) September 21, 2022

AP xabariga ko‘ra, Vladimir Putin qisman safarbarlik haqida e’lon qilgach, Rossiyadan xalqaro parvozlar uchun chiptalar sotilib ketgan yoki narxi keskin ko‘tarilib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 21-sentabr kuni Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya safarbarlik resursining taxminan 1 foizini tashkil qiladi.

Safarbarlik e’lon qilinganidan keyin bir necha daqiqalar ichida Moskvadan Istanbulga, Tbilisiga va Yerevanga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar uchun chiptalar to‘liq sotilib ketgan. Shuningdek, Moskvadan Toshkentga reyslar chiptalari ham qolmagan.

OAVlar eslatishicha, “Rossiya Federatsiyasida safarbarlikka tayyorgarlik ko‘rish va safarbarlik to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, harbiy hisobda turgan fuqarolar yashash joyidan harbiy komissariatlar ruxsatisiz chiqib ketishi taqiqlanadi.

Flightradar24 — real vaqt davomida havo kemalari holatini kuzatish imkonini beruvchi ochiq veb-servis. Servis orqali faqat ADS-B/MLAT turidagi transponder bilan jihozlangan va ushbu transponder yoqib qo‘yilgan havo kemalarinigina kuzatish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi