Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlik e’lon qilinganidan keyin bir necha daqiqalar ichida Moskvadan Istanbulga, Tbilisiga va Yerevanga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar uchun chiptalar to‘liq sotilib ketdi, deb xabar bermoqda “Insayder UA” Telegram-kanali. Shuningdek, Moskvadan Toshkentga reyslar chiptalari ham qolmagan.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Ateo Breaking Telegram-kanali eslatishicha, “Rossiya Federatsiyasida safarbarlikka tayyorgarlik ko‘rish va safarbarlik to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, harbiy hisobda turgan fuqarolar yashash joyidan harbiy komissariatlar ruxsatisiz chiqib ketishi taqiqlanadi.

Bundan tashqari, Google Trends ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada Google qidiruv tizimida “Qanday qilib qo‘lni sindirish mumkin” so‘rovi keskin oshib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 21-sentabr kuni Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi.

Uning aytishicha, muddatli harbiy xizmatga faqat hozirda zaxirada bo‘lganlar, birinchi navbatda, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, muayyan harbiy mutaxassislik va tegishli tajribaga ega bo‘lgan fuqarolargina chaqiriladi. Shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar bo‘linmalarga jo‘natilishdan oldin “maxsus harbiy operatsiya” uchun qo‘shimcha harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi.

Safarbarlik tadbirlari 21-sentabr kuni boshlanadi. Putin hududlar rahbarlariga “harbiy komissarliklar ishi uchun zarur barcha yordamni ko‘rsatishni” buyurdi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya safarbarlik resursining taxminan 1 foizini tashkil qiladi.

Vazirning aniqlik kiritishicha, zaxirada bo‘lgan Rossiya fuqarolari chaqiriladi, talabalarni safarbarlik qilish haqida gap bormayapti, shuningdek, chaqiriq bo‘yicha xizmat o‘tayotganlar ham safarbar etilmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi